Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkentda 2011 dona "G‘alaba qanotlari" - Li-2 transport samolyotlari ishlab chiqarilgan edi.
Ushbu samolyotlar tushman ichki hududiga desant tashlash, harbiy yuk va shaxsiy tizimni tashish maqsadlarida keng foydalanilgan edi. 1945-yilda o‘zbekistonlik uchuvchi Abdusamat Taymetov aynan Li-2 samolyotida Berlindan Moskvaga Reyxstag o‘stiga o‘rnatilgan g‘alaba bayrog‘ini olib kelgan edi.
Afsonaviy Li-2 samolyoti bir necha o‘n yillar davomida TAPOiCh zavodining markaziy maydonida qad ko‘tarib turdi. O‘ng va chap tomonida fotoportretlar o‘rnatilgan stendlar. Birida - "Birlashma mehnat faxriylari ", ikkinchisida "Ular vatani uchun kurashgan". Xotira taxtasida: "Chkalovchi! Ro‘pparangda og‘ir harbiy sinovlar yillarida O‘zbekiston zaminida yaratilgan samolyot. Samolyot ishlab chiqaruvchilarning katta avlodining qahramona ishlariga hurmat bajo keltir, ularning ulug‘vor an’analariga munosib bo‘l", degan yozuvlar bitilgan edi.
Toshkent hokimiyatining qarori bilan Li-2 zavoddagi o‘rnidan olib tashlandi va ehtiyotkor tiklash ishlaridan so‘ng, 9-may kuni Buyuk G‘alabaning 75-yilligi sharafiga ochiladigan G‘alaba bog‘iga ko‘chirildi.
Sovet Ittifoqining mudofaa sanoatida muhim rol o‘ynagan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodining qahramonona mehnati haqida batafsil infografikamizda tanishing.