Ekspert: MO mamlakatlari G‘anini Afg‘oniston prezidenti sifatida tan olishga majbur bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Siyosatshunos, Rossiyaning zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazi yetakchi mutaxassisi Andrey Serenko Markaziy Osiyo mamlakatlari Abdulla Abdulla va Ashraf G‘ani o‘rtasida muloqot yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng nimalarni kutish mumkinligi haqida gapirdi.

Afg‘onistonning sobiq bosh vaziri Abdulla Abdulla, u va amaldagi prezident Ashraf G‘ani "muzokaralarda ijobiy natijalarga va bir qator tamoyillar bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishganini" aytdi. Abdullaning so‘zlariga ko‘ra, kelgusidagi yarashtiruv kelishuvi tafsilotlari ustida ish olib borilmoqda, bu boshqa jihatlar qatorida "koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga alohida e’tibor berishga imkon beradi".

Bejensi iz provinsii Gazni v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston shimolida tojik jangarilarining faolligi oshmoqda - "Tolibon"ga yordam

Siyosatshunos Andrey Serenko fikriga ko‘ra, bu Afg‘onistonda Abdulla va G‘ani o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan bog‘liq siyosiy inqirozning o‘tkir davri tugayotganini anglatadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, afg‘on muholifatining murosasiz qismi "tizimli maydondan siyosiy jarayonning chekkasiga o‘tmoqda", "chetlashapti", uning vakillari "o‘ziga xos siyosiy bezoriga aylanmoqda".

"Bu ularning hisobdan chiqarilishini anglatmaydi. Faqatgina ularga nisbatan munosabat butunlay boshqacha bo‘ladi", - dedi Serenko Sputnik Tojikiston bilan suhbatda.

Uning ta’kidlashicha, doktor Abdulloh o‘zining ishtiroki bilan uning "siyosiy soyaboni" ostidagi radikallarga  rasmiy Kobul tarkibida yanada faolroq namoyon bo‘lishiga imkon beradi, ammo ularning siyosiy vazni tez pasayib boradi.

"Ashraf G‘ani g‘alabasini hali tan olmagan Markaziy Osiyo mamlakatlari buni juda tez amalga oshirishlari kerak, chunki uning asosiy raqibi yaqin kelajakda buni amalga oshiradi", - dedi siyosatshunos.

U Tojikiston va Markaziy Osiyoning boshqa respublikalari yaqin kelajakda buni amalga oshirishini tahmin qildi.

Serenkoning ta’kidlashicha, G‘ani va Abdulloh o‘rtasidagi kelishuv toliblar bilan tinchlik shartnomasini imzolash jarayonini tezlashtiradi va ehtimol Abdulla Abdulla muzokaralar guruhiga rahbarlik qiladi.

Mutaxassislarning to‘liq sharhini radiopodkastda tinglang.

* "Tolibon" - Rossiya Federatsiyasida va boshqa bir qator mamlakatlarda taqiqlangan terroristik guruh.

Yangiliklar lentasi
0