Afg‘oniston shimolida tojik jangarilarining faolligi oshmoqda - "Tolibon"ga yordam

© Sputnik / Sayed Ali / Mediabankka o‘tishBejensi iz provinsii Gazni v Afganistane
Bejensi iz provinsii Gazni v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Afg‘oniston Islom Respublikasidagi inqiroz bartaraf etilganidan so‘ng, Moskva va Kobul o‘rtasidagi hamkorlik ko‘plab sohalarda kuchayishiga umid qilmoqda.

Afg‘onistonning shimoli kundan kunga qizib bormoqda va agar Tolibon qo‘shni Markaziy Osiyoga yetib bormagan bo‘lsa-da, tojikistonlik jangarilar allaqachon afg‘on tuprog‘ida joylashib bo‘lgan va shu bilan birga "Tolibon" guruhlari bilan hamkorlik qilmoqda.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistondagi vaziyat: toliblar O‘zbekiston bilan chegaradosh tumanlarni egallashi mumkin

Afg‘on xavfsizlik kuchlari mamlakat shimolida tojikistonlik jangarilar faollashayotganini qayd etmoqda. O‘tgan hafta Kuf-Ab uyezdining hukumatparast kuchlari postiga Ragiston hududidan 15 kishidan ko‘proq qurollangan tojik jangarilari guruhi hujum qildi. Keyin otrad Ragiston uyezdiga qaytdi.

Markaziy Osiyo respublikalaridan kelib chiqqan terrorchilar guruhlari Afg‘onistonning Vardudj, Ragiston, Yamgan, Djurma, Daraim, Yaftal va boshqa tumanlarida joylashib, ayrim hududlarni to‘liq nazorat qilmoqda. Tojikiston bilan chegaradosh Nusay uyezdida jangarilar 16 aholi punktidan 15tasini nazorat qilmoqda. Chet elliklar guruhlari, odatda, toliblar bilan birgalikda harakat qilib umumiy maqsadlarga erishishga intilishmoqda. Avvalroq, Badaxshon hukumati tojik va o‘zbek guruhlari - tegishli ravishda Ansarulla va Harkat-i Islomiyning yordamida ID* va Al-Qoida* terrorchilik tashkilotlarining hududda harbiy kuchlarini kuchaytirishga urinishlari haqida bayonot bergan. Bunday hamkorlik afg‘on voqeliklarini qo‘shni davlatlar hududiga eksport qilish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.

Doimiy jangovar harakatlar Afg‘oniston Islom Respublikasining (AIR) deyarli barcha viloyatlarida davom etmoqda. 26-aprel kuni Lobar provinsiyasida (Kobuldan 30 km masofada joylashgan) "Tolibon"* terrorchilari tomonidan uyushtirilgan hujumda olti nafar afg‘on xavfsizlik kuchlari harbiysi halok bo‘ldi va to‘rtasi asirga olindi. Kala-i-Nau (Badgis provinsiyasi) yaqinidagi hukumat postida 24-aprel kuni Tolibon hujumi oqibatida 13 ko‘ngilli o‘ldirilgan, yana o‘n kishi bedarak yo‘qolgan. O‘tgan hafta davomida, umumiy hisobda Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining 100 dan ortiq xodimi halok bo‘ldi va o‘nlab odamlar jarohatlandi.

Kolyuchaya provoloka po perimetru turmi - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda yuz nafar “Tolibon” a’zolari qamoqdan ozod qilindi

Avvalroq, Balx va Taxar shimoliy provinsiyalarida jamoat xavfsizlik kuchlarining 30ga yaqin hodimi va besh nafar mahalliy aholi, shu jumladan bir yosh bola toliblar bilan bo‘lgan ikki to‘qnashuvda halok bo‘lgan edi. Ushbu mudhish fonda, "Tolibon" vakillari 24-aprel kuni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani taklif etgan o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatish rejimini yaroqsiz deb rad etishdi.

Tolibon shartlari

Eslatib o‘taman, "Tolibon"* harakatining AQSh bilan tinchlik bitimi va afg‘onlararo muloqotning muhim moddalaridan biri mahbus jangarilar va hukumat kuchlarining asirga olingan harbiy xizmatchilarini ozod qilishdir. Shu qatorda, jangarilar soni bir necha baravar ko‘p. Birinchi bosqichda Kobul 5000 tolibni ozod qilishi va o‘rniga 1500 askar va politsiyachilarni qabul qilib olishi kerak. Bu yerda o‘z ustuvorliklari va imkonsiz shartlar ham mavjud.

"Tolibon" birinchi navbatda 15 eng qonli qotil va banditlarni ozod qilinishini talab qilmoqda. Ulardan - Lailuddin Gulbeddinning o‘zi - Kobuldagi yirik terroristik aktlarda ishtirok etgan, 2017-yilda Germaniya elchixonasi, Afg‘oniston senati vitse-spikeri Muhammad Izidyarning o‘g‘li dafn marosimidagi portillashlar  va Afg‘onistonning Amerika universitetiga (AUAF) hujumlarni tayyorlagan. Gulbeddin ishtirokidagi terroristik hujumning har birida o‘nlab tinch aholi halok bo‘ldi va yaralandi. Amaldagi qonunlarga ko‘ra, Afg‘oniston hukumati bunday jinoyatchilarni hattoki Vashingtonning bosimi ostida ozod qilishga vakolat yoki asosga ega emas.

Natijada Kobul 400 ga yaqin mahbusni ozod qildi, ularning hammasi ham "Tolibon" tomonidan tanilmagan. "Tolibon"* 60 asirni (1000 kishidan) ozod qildi, ammo atigi 19 kishi xavfsizlik xizmati xodimlari deb tan olindi. Muzokaralar va harbiy harakatlar, paradlar va qatllar davom etmoqda. Kobulda hukmronlik qilayotgan ikki hukumatlilik mamlakatdagi harbiy-siyosiy inqirozni chuqurlashtirmoqda, davlat hokimiyatining susayishiga va "Tolibon"* va boshqa terrorchilik tashkilotlarining ta’sirini kuchaytirishga yordam bermoqda.

Rossiya pozitsiyasi

Qo‘shni Afg‘onistondagi beqarorlik, terroristik va giyohvandlik tahdidlari Rossiya Federatsiyasi va uning Markaziy Osiyodagi ittifoqchilarining strategik manfaatlariga javob bermaydi. Moskva Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston chegaralari va harbiy xavfsizligini mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Mintaqaviy barqarorlikni kuchaytirishga KHShT tuzilmalarini rivojlantirish, harbiy-texnik hamkorlik va qo‘shma harbiy harakatlar ko‘maklashadi. Shu bilan birga, Rossiya Afg‘oniston Islom Respublikasidagi murosasiz raqiblarni yarashtirish uchun ko‘p harakatlarni amalga oshirdi. Aslida, Afg‘onistonning mojarodan keyingi tuzumni shakllantirishga birinchi qadam 2019-yil 5-6 fevralda Moskvada "Afg‘onlararo dialog" formatida qo‘yildi. KHShTga a’zo davlatlar 29-fevral kuni AIRda vaziyatni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishdan boshqa muqobil yo‘l yo‘qligini va Afg‘onistonda tinchlikka erishish uchun Moskva formatidagi maslahatlashuvlarning muhimligini ta’kidladilar. O‘sha kuni Qatarda imzolangan AQShning "Tolibon" harakati bilan tinchlik bitimini tarixdan o‘chirmagan holda.

Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda NATO aviabazasi raketalar bilan o‘qqa tutildi

Moskvaning O‘rta Osiyodagi tashqi siyosatini g‘arblik sheriklar ba’zan "ruslar Afg‘onistonga qaytdi" degan sarlavhalargacha soddalashtirmoqda. Albatta, bunday baholash haqiqatdan ancha yiroq. Shunga qaramay, Rossiya Islom Respublikasidagi inqiroz bartaraf etilgandan so‘ng, Moskva va Kobul o‘rtasidagi hamkorlik ko‘plab sohalarda kuchayishiga umid qilmoqda. Rossiya Federatsiyasi mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga, shu jumladan Afg‘onistonlik sheriklarning AIR xavfsizligi va davlat suverenitetini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan Rossiya qurollari va harbiy texnikalarini yetkazib berishgacha bo‘lgan talablarini konstruktiv ko‘rib chiqishga tayyor. Istiqbolda, muayan davlatlararo kelishuvlarga erishilganda va "o‘yin qoidalari"ga qat’iy rioya qilingan holda, Rossiya, bir tomondan, uning mintaqaviy ittifoqchilari, ikkinchi tomondan, Afg‘oniston bilan strategik sheriklik ehtimoldan holi emas. Biroq, ushbu koordinatalar tizimida terrorchi guruhlarning roli nolga tenglashadi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0