Pandemiya tez orada tugaydi degan fikrni unutinglar – Xitoy virusologi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishUsilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom
Usilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy virusologi Chjan Venxun COVID-19 pandemiyasi tez orada tugaydi degan fikrni unutish kerakligini aytdi.

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. COVID-19 bo‘yicha Xitoy klinik mutaxassislar guruhining rahbari Chjan Venxun Yevropa mamlakatlarining koronavirusga qarshi kurash borasidagi istiqbollarini baholadi, deb xabar qildi South China Morning Post.

Letuchaya mish – netopir-karlik. - Sputnik O‘zbekiston
Biolog koronavirus pandemiyasi qachon tugashi mumkinligini aytdi

“Agar virus yana paydo bo‘lishi va yo‘qolishi, bularning barchasi bir - ikki yil davom etishi bu normal holat. <…> Yaqin orada Yevropada pandemiya tugaydi degan fikrni unutinglar”, - dedi xitoylik virusolog talabalar uchun o‘tkazilgan videokonferensiyada.

Uning fikriga ko‘ra, Yevropa hukumati virus tarqalishini faqat “o‘ta radikal” choralar bilan to‘xtatishi mumkin edi. Masalan, davlatlarda har qanday faoliyatni to‘liq muzlatish va chegaralarni to‘liq yopish orqali. Ammo Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlari bunday qilmaydi, deydi shifokor.

“Agar butun dunyo to‘rt hafta davomida to‘xtab qolsa, biz pandemiyani to‘xtata olardik”, - mutaxassis so‘zlarini keltiradi nashr.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni COVID-19 yangi koronavirus pandemiyasi haqida e’lon qilgandi. Dunyo bo‘ylab 292 ming kishi virusga chalingan, 12 ming kishi vafot qildi.

Yangiliklar lentasi
0