TOShKENT, 7-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Qurolli kuchlarining Intizom nizomiga o‘zgartirish kiritdi.
Kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, harbiy tomonidan jurnalistlarga o‘zining harbiy xizmati haqida ma’lumot taqdim etishi taqiqlanadi va bu qo‘pol intizomiy xatti-harakat sanaladi.
Bundan tashqari, jangovar harakatlar, naradda bo‘lish, mashg‘ulotlarda ishtirok etish vaqtida ma’lumotni saqlovchi va uzatuvchi telefon va boshqa gadjetlarni olib yurish nojo‘ya xatti-harakat hisoblanadi.