TOShKENT, 7-may — Sputnik. Rossiya davlat sinov stansiyasi yangi "Aspid" sport qurolini sertifikatlashning birinchi bosqichini yakunladi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasida to‘pponchaning ikkita modifikatsiyasi - RG-120 va RG120-1 - "Fuqarolik va xizmat o‘qotar qurollar, sanoat va maxsus maqsadlar uchun qurilmalar. Xavfsizlik talablari va xavfsizlikni tekshirish usullari" talablariga muvofiqligi tekshirildi.
"Sinovlar davomida, namuna markirovkasi tekshirildi. Maxsus silindrsimon kalibrli o‘lchovlar bilan tekshirildi, tashqi ko‘rinishi nuqsonlari yo‘qligi tekshirildi", - deyiladi xabarda.
Stansiya boshlig‘i Dmitriy Rumansev ta’kidlashicha, mustahkamlik va xavfsizligi uchun sertifikatlash jarayonida to‘pponcha sinov o‘qlari bilan otilgan,
"Sinovlar ijobiy natijalar bilan o‘tkazildi. Taqdim etilgan namunalar GOST talablariga to‘liq javob beradi", - dedi stansiya rahbari.
Sertifikatlashtirishning ikkinchi bosqichi - to‘pponchaning kriminalistik talablarga muvofiqligi tekshiriladi.