Moskvada maska rejimi: niqobsiz yurganlik uchun jarima miqdori ma’lum qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishProverka soblyudeniya distansii mejdu passajirami v transporte
Proverka soblyudeniya distansii mejdu passajirami v transporte  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada 12-maydan boshlab niqob rejimi joriy etilishi ma’lum qilindi. Bu qaror sanoat va qurilish korxonalari faoliyatidagi cheklovlarni olib tashlashi bilan bog‘liq.

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Moskva bosh nazorat boshqarmasi boshlig‘i Yevgeniy Danchikov jamoat joylari va transportda niqobsiz yurganlik uchun qanday jarimalar belgilanganligini aytdi.

Vid na zdaniya moskovskogo mejdunarodnogo delovogo sentra Moskva-Siti so smotrovoy ploshadki na Vorobyevix gorax v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskva koronavirus holati bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi

"Jamoat transportida jarima besh ming rublni tashkil qiladi, chunki u yerda odamlarning zichligi yuqori, shuning uchun virus tarqalishi xavfi katta. Jamoat joylarida jarima esa to‘rt ming rublni tashkil qiladi. Ushbu jarimalar Moskva ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksida ko‘zda tutilgan", - Evgeniy Danchikov

Moskva meri Sergey Sobanin 12-maydan boshlab shaharda niqob rejimi joriy etilishini ma’lum qildi. Ta’kidlashicha, qaror sanoat va qurilish korxonalari faoliyatidagi cheklovlarni olib tashlash bilan bog‘liq.

Shuningdek, merning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtda koronavirus bilan kasallanganlarning aniq soni aniqlanganidan yuqori. Yuqtirib olganlarning aniq soni qariyb 300 ming kishini tashkil qilishi mumkin, dedi Sobanin.

7 may holatiga ko‘ra, Rossiyada jami 177 160 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi, 1625 kishi vafot etdi, 23 803 kishi sog‘aydi.

Yangiliklar lentasi
0