Harbiy harakatlar tufayli O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi eksporti kamaydi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha, 5-may kuni soat 14:50 dan boshlab Afg‘onistonga elektr energiyasi eksporti oy boshidan yetkazib berilayotgan (sutkalik o‘rtacha 1,4 mln kVt·s) qiymatga nisbatan deyarli ikki baravar kamaydi.

TOShKENT, 6-may - Sputnik. Harbiy harakatlar tufayli yuz bergan nosozliklar Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini ikki baravar kamaytirdi, deb xabar bermoqda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari".

© Natsionalnie elektricheskie seti UzbekistanaVosstanovitelnie raboti na LEP v Uzbekistane
Harbiy harakatlar tufayli O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi eksporti kamaydi - Sputnik O‘zbekiston
Vosstanovitelnie raboti na LEP v Uzbekistane

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26-aprel kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi hududidagi "Puli Xumri” va «Chimtala” podstansiyalari oralig‘idagi 220 kVli 255- va 256-raqamli havo tarmoqlarining 562-sonli tayanch ustuniga harbiy harakatlar tufayli zarar yetgan edi.

Buning oqibatida Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish amaliyoti 280 MVtdan «nol” qiymatga kamaygan.

So‘ngra ushbu nosozlik "Da Afghanistan Breshna Sherkat" (DABS) elektr tarmoqlari kompaniyasi tomonidan bartaraf etilib, eksport amaliyoti tiklangani haqida ma’lumot berilgandi.

Bejensi iz provinsii Gazni v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston shimolida tojik jangarilarining faolligi oshmoqda - "Tolibon"ga yordam

"DABS" shirkatidan olingan oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston Islom Respublikasi hududida davom etayotgan harbiy harakatlar tufayli hozirda elektr uzatish tarmoqlarida yana bir qator nosozliklar kelib chiqqan.

Kecha, 5-may kuni soat 14:50 dan boshlab Afg‘onistonga elektr energiyasi eksporti oy boshidan yetkazib berilayotgan (sutkalik o‘rtacha 1,4 mln kVt·s) qiymatga nisbatan deyarli ikki baravar kamaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, elektr tarmoqlari kompaniyasi vakillaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra shikastlangan elektr tarmoqlarini tiklash uchun sozlash-ta’mirlash ishlarini bir necha kun olib borish talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumatlararo kelishuvga asosan, «Da Afghanistan Breshna Sherkat» (DABS) va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasida 2019-yil 25-dekabrda imzolangan shartnomaga muvofiq elektr energiyasi O‘zbekiston Respublikasidan Afg‘oniston Islom Respublikasiga muntazam ravishda yetkazib berilmoqda (Afg‘onistondagi texnik nosozliklar tufayli sodir bo‘lgan uzilishlar bundan mustasno).

Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati yuqori kuchlanishli elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan hududiy elektr korxonalariga transportirovka qilish, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi.

Jamiyatning eksport amaliyotlaridan tashqari elektr energiyasi importi yuzasidan to‘lov majburiyatlari ham mavjud.

Yangiliklar lentasi
0