Jasadlar ustma-ust taxlanmoqda: Malkin AQShda koronavirus pandemiyasi haqida

© AP Photo / Manuel Balce CenetaPara v samodelnix maskax v Vashingtone, SShA
Para v samodelnix maskax v Vashingtone, SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik "Pittsburg" forvardi Yevgeniy Malkin instagram orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda koronavirus pandemiyasi haqida to‘xtaldi.

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Rossiyalik "Pittsburg" forvardi Yevgeniy Malkin instagram orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda koronavirus pandemiyasiga to‘xtaldi.

Vrachi skoroy meditsinskoy pomoshi dostavili patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu - Sputnik O‘zbekiston
Onaizor koronavirusdan vafot etgan o‘g‘lining so‘nggi so‘zlari bilan bo‘lishdi

Xokkeychining so‘zlariga ko‘ra, Nyu-York kasallikning epimarkazi bo‘ldi.

“Hozir Nyu-Yorkda haqiqiy ofat. Juda kichik bo‘lgan Manxettenda million kishi istiqomat qiladi. Hamma narsa bir nuqtada siqilgan. Jasadlar u yerda, hatto Markaziy parkka ham olib kelinganini eshitdim. Ba’zi odamlar buni ko‘rib, ishonishmayapti, bu feyk va yangilikdagi aktorlar deb o‘ylashmoqda. Do‘stlarim u yerga ko‘chaga chiqmayapti. Hamma narsa bizga yangiliklar orqali bilmoqdamiz. Jasadlar bir-birining ustiga taxlashganini ko‘rganingizda - bu endi kulgili emas, bu dahshat va katta fojia”, - deydi sportchi.

Malkin pandemiyadan so‘ng dunyo o‘zgarishini ta’kidladi. Yuzaga kelgan vaziyat iqtisodiyot va maoshlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

“Shubhasiz, ko‘p odamlar pul yo‘qotadi. Koronavirusdan keyin iqtisodiyotda qiyin vaziyat bo‘ladi. Umid qilamanki, barcha davlatlar kichik va o‘rta biznesga yordam berish uchun yo‘lini topadi. Biz ham pulni yo‘qotmoqdamiz. Hali maosh qisqartirilmadi, ammo bu qanchalik tezroq o‘ynashni boshlashimizga bog‘liq”, - deb qo‘shimcha qildi Malkin.

COVID-19 koronavirus infeksiyasi pandemiyasi deyarli butun dunyoni qamrab oldi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 1,4 milliondan ziyod kishi virusga chalindi, sal kam 86 ming kishi vafot etdi.  Eng ko‘p AQShda – 400 ming kishi koronavirusni yuqtirdi.

Yangiliklar lentasi
0