Reyxstagga hujum qilgan o‘zbekistonlik zobit – o‘g‘il tilidan hikoya

Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston tahririyati fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan "Front yo‘qlamasi" loyihasini davom ettirmoqda. Urush qahramonlari avlodlari ajdodlarining jasoratini esga olishadi.

O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi xodimi Rustam Isoqov otasining qahramona jasoratlari to‘g‘risida xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

Znamya Pobedi nad Reyxstagom: podrobnosti glavnogo shturma Berlinskoy operatsii - Sputnik O‘zbekiston
G‘alabaning muqaddas bayrog‘i: Berlin operatsiyasining asosiy hujumi videosi

Uning otasi Karimjon Isakov Reyxstagga hujum va uning ustiga G‘alaba bayrog‘ini ko‘tarishda ishtirok etgan.

"Mening otam urushdan tirik qaytgani uchun o‘zimni omadli deb hisoblayman. Men qahramon-shaharlarga qilgan safarlarimizni va Buyuk G‘alabaga erishganlar bilan suhbatlarni hech qachon unutmayman", - dedi u.

U harbiy shon-sharaf haftaligida har doim marshal Chuykov, generallar Telegin, Shatilov (Reyxstagga hujum qilgan bo‘linma komandiri), Lisitsin, shuningdek Reyxstagning hujumi qahramonlari - Mixail Yegorov va Meliton Kantariya bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tganini aytib berdi.

Frontda ko‘rsatgan qahramonligi va jasorati uchun Karimjon Isoqov Qahramon unvoni bilan taqdirlangan.

"Otam hujum guruhi tarkibida bo‘lgan. Askarlar hujumga o‘tishdi, ular kuchli avtomatlar zarbasiga duch kelgani uchun yon bosishdi. Keyin dovul kabi olovga e’tibor bermay, u o‘rnidan turib: "Olg‘a, Stalin uchun!", - dedi-da jangchilarni o‘z ortidan olib chiqib birinchi bo‘lib transheyagacha yetib bordi", - deydi o‘g‘li.

Karimjon Isoqov guruhi beshta pulemot nuqtasini egallab oldi, bu bilan batalonning asosiy kuchlarining harakatiga yo‘l ochib berdi.

Iz okopov voyni v selskuyu shkolu — istoriya uchitelya-frontovika - Sputnik O‘zbekiston
Urush okoplaridan qishloq maktabigacha – frontchi-o‘qituvchi tarixi

Bu Isakovning frontda qilgan yagona qahramonlik jasorati emas.

G‘alaba arafasida u hujumi bilan dushman transheyasini bosib oldi, bu esa bir necha piyodalar vzvodlarining yo‘qotishsiz harakatlanishiga imkon berdi. Shuningdek, u boshqa sovet askarlari bilan birga Kunensdorf aholi yashash punktini qurshab olib, dushmanlarning chekinish yo‘lini kesib tashladi.

Nemislarning mudofaasi va Berlinga hujumi uchun Stalinning buyrug‘i bilan Isoqovga minnatdorchilik bildirildi.

"Front yo‘qlamasi" loyihasi

"Front yo‘qlamasi" – Sputnik matbuot-xizmatlarining Hamdo‘stlik davlatlari uchun an’anaviy loyihasi.

Uning maqsadi - oilaviy voqealarni buyuk harbiy tarixning bisotiga aylantirish, hamma uchun bir bo‘lgan G‘alabaning bebaho mashaqqati va dunyoni fashizmdan ozod qidib bizga yashash uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etgan xalqlarning jasoratini eslatish.

Bu yil ushbu tadbir uchinchi marotaba o‘tkaziladi, ammo Covid-19 pandemiyasi tufayli o‘zgartirishlar kiritildi.

Turli matbuot markazlarini bog‘laydigan video ko‘priklar bo‘lmaydi. Ushbu mamlakatlarning taniqli fuqarolari va davlat arboblari ishtirokida Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari haqida oilaviy voqealarni hikoya qiluvchi videolar namoyish etiladi.

Yangiliklar lentasi
0