"Gazprom International" direktori maslahatchisi Ismat Kuchiyev, fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan G‘alabaning 75-yilligi arafasida, urush tugashi bilanoq qishloq maktablarida dars berishni boshlagan o‘zining birinchi frontchi-o‘qituvchisi Rahmon Baratovni esga oldi.
Kuchiyevning so‘zlariga ko‘ra, bu qahramon minglab bolalar uchun namuna bo‘lgan. U ularga nafaqat rus tili va adabiyoti, balki o‘zbek tili va tarixdan saboq berdi, balki odam hayotda qanday yashash kerakligini, o‘zida qanday fazilatlarni rivojlantirish kerakligini ko‘rsatgan.
"U turnikda 20-25 marta, men esa bor-yo‘g‘i uch marta tortinganimda juda uyalib ketar edim. Men undan oshib o‘tolmadim – juda bo‘lsa 17-18 tortina oldim holos", - deb eslaydi Kuchiyev.
Afsuski, urush qahramoni g‘alabaning yubileyidan bir necha hafta oldin vafot etdi, ammo Somat Kuchiyev uning xotirasi u saqlab qolgan va ta’lim bergan minnatdor avlodlarning qalbida saqlanib qolishiga ishonadi.
"Front yo‘qlamasi" loyihasi
"Front yo‘qlamasi" – Sputnik matbuot-xizmatlarining Hamdo‘stlik davlatlari uchun an’anaviy loyihasi.
Uning maqsadi - oilaviy voqealarni buyuk harbiy tarix bisotiga aylantirish, hamma uchun bir bo‘lgan G‘alabaning bebaho mashaqqati va dunyoni fashizmdan ozod qidib bizga yashash uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etgan xalqlarning jasoratini eslatish.
Bu yil ushbu tadbir uchinchi marotaba o‘tkaziladi, ammo Covid-19 pandemiyasi tufayli o‘zgartirishlar kiritildi.
Turli matbuot markazlarini bog‘laydigan video ko‘priklar bo‘lmaydi. Ushbu mamlakatlarning taniqli fuqarolari va davlat arboblari ishtirokida Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari haqida oilaviy voqealarni hikoya qiluvchi videolar namoyish etiladi.