O‘zbekistonda koronavirus: 3-may asosiy xabarlari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishGospital COVID-19 NMIS SSX im. A. N. Bakuleva Minzdrava RF
Gospital COVID-19 NMIS SSX im. A. N. Bakuleva Minzdrava RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikada tuzalganlar soni tez suratlarda oshmoqda, 1,3 mingdan ortiq kishi kasallikni yengishga muvaffaq bo‘ldi.

TOShKENT, 3-may — Sputnik. Bir sutka davomida O‘zbekistonda yana 18 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2136 nafarni tashkil qilmoqda.

Kasallikni yengish

Bugun Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan 7 nafar, Toshkent shahrida 14 nafar, Xorazmda 7 nafar, Andijonda 8 nafar, Farg‘onada 3 nafar bemor sog‘aydi.

Nyu-York vo vremya rejima ChS - Sputnik O‘zbekiston
“Tojdor dushman”dan yuqori o‘lim darajasining yangi sababi aniqlandi

Ular sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1319 nafarni tashkil etmoqda.

COVID-19 qurboni

Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan namanganlik bemor vafot etdi. U 20-aprelda kasalxonaga yotqizilgan. 29-yildan buyon yotoqdagi bemor bo‘lishi bilan birga birinchi guruh nogironligi ham belgilangan. Bemor tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu O‘zbekistonda o‘ninchi o‘lim holatidir.

Feyk rolik

Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida yaqin ikki kunda Toshkent shahrida karantin choralari bekor qilinishi haqidagi videomaterial yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tashuvchilar uchun cheklov

O‘zbekiston COVID-19ning tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli qo‘shni mamlakatlarning avtotransport vositalari uchun vaqtincha cheklovlarni joriy etdi.

Hozircha respublikaga faqat ma’lum o‘tish punktlari orqali kirish mumkin: tojikistonlik haydovchilar uchun bu “Sarosiyo”, “Oybek” va “Plotina” o‘tkazish punktlari, Afg‘onistondan “Termiz”, Turkmanistondan “Olot” terminali, Qirg‘izistondan “Do‘stlik”, “O‘zbekiston”, “Vodil”, “Chashma" va "Ok kiya", Qozog‘istondan "Dout-ota", "Guliston", "Yallama", "Zangiota" va "Toshkent".

Maxsus ajratilgan to‘xtash joylaridagi tranzit transport vositalarining barcha haydovchilari COVID-19 test topshirishi shart.

O‘zbekistonda ular himoya kiyimlari, qo‘lqop va tibbiy niqoblarda bo‘lishlari kerak.

COVID-19 dunyo bo‘ylab tarqalishi

BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 3,2 million ziyod kishi virusga chalingan, 230 ming kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0