“Tojdor dushman”dan yuqori o‘lim darajasining yangi sababi aniqlandi

© Sputnik / Tatyana Stolyarova / Mediabankka o‘tishNyu-York vo vremya rejima ChS
Nyu-York vo vremya rejima ChS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlar fikriga ko‘ra, D vitamini yetishmasligi koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi yuqoriligi sabablaridan bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 3-may — Sputnik. Ba’zi mamlakatlarda koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi yuqoridigi organizmda D vitaminining yetishmasligi bilan bog‘liq. Bunday xulosaga qirolicha Yelizaveta kasalxonasi jamg‘armasi va Sharqiy Angliya universiteti olimlari kelishdi. Research Square jurnalida chop etildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Vrach Klinicheskogo meditsinskogo sentra podpisivayet probirki s obrazsami biomaterialov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana 9 kishida koronavirus aniqlandi

Mutaxassislar COVID-19 dan o‘limlar holatlari statistikasi bilan Yevropaning 20 ta davlatlar fuqarolarida D vitamin o‘rtacha darajasini taqqoslashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu ko‘rsatkichlar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, fuqarolarida bu vitamin yetishmovchiligi bo‘lgan mamlakatlarda o‘lim hollari ko‘paygan.

“Ayniqsa vitaminining past darajasi Ispaniya, Italiya va Shveysariya aholisi orasida qayd etilgan”, - deyilgan tadqiqotda.

Bundan tashqari, D vitamin yetishmovchiligi ayniqsa qariyalarda kuzatilgan.

Hozirgi vaqtda olimlar biologik faol moddalar yordamida kasallikning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ustida ishlamoqdalar.

Yangi koronavirus infeksiyasi pandemiyasi deyarli butun dunyo davlatlarini qamrab oldi. BSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab  3 milliondan ortiq kishi bu virusga chalingan, 230 ming kishi vafot etdi.

Kasallanganlar va qurbonlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda AQSh qolmoqda. Shuningdek, ushbu ro‘yxatga Ispaniya, Italiya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya kirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0