O‘zbekistonda hududlarni rivojlantirish reytingi joriy etiladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishMoneti i denejnie znaki, arxivnoe foto
Moneti i denejnie znaki, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qarorga ko‘ra, statistik ko‘rsatkichlar va so‘rovnomalar natijalari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini reyting baholash tizimi joriy etiladi.

TOShKENT, 2-may - Sputnik. "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida" prezident qarori qabul qilindi.

Noviy sort kartofelya. - Sputnik O‘zbekiston
Jahonda oziq-ovqat tovarlari narxi oshib borayotgan bir vaqtda O‘zbekiston qanday yo‘l tutadi?

Qarorga ko‘ra, statistik ko‘rsatkichlar va so‘rovnomalar natijalari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini reyting baholash tizimi joriy etiladi.

Bunda iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsizlikni kamaytirish, aholi turmush sifatini yaxshilash kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi.

Reyting baholashni amalga oshirish maqsadida 2020-yil 1-iyunga qadar maxsus axborot tizim ishlab chiqiladi va dastlab 2019-yil uchun ushbu tizim orqali sinov rejimida baholash amalga oshiriladi.

Natijalar asosida reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kesimida amalga oshiriladi.

Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yashash uchun eng arzon bo‘lgan davlat deb topildi - reyting

O‘tgan yil uchun reyting baholash natijalari har yili 1-fevral (tezkor baholash) va 15-iyunga (yakuniy natijalar) qadar Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritiladi.

Reyting baholash natijalari har yili Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlari yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama qilinishi shart etib belgilangan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi reyting baholash natijalarini umumlashtiradi, shuningdek, reyting baholashni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tegishli organlar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi.

Qaror bilan Reyting ko‘rsatkichlari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0