TOShKENT, 7 fev – Sputnik. O‘zbekiston yashash uchun qimmat bo‘lgan davlatlar reytingida 128-chi o‘rinni egalladi, deb xabar qildi CeoWorld Magazine.
Reytingda jami 132 davlat kiritilgan. Mamlakatlarga turar-joy va ijara narxi, oziq-ovqat va restoranlarda ovqatlanish narxlari, shuningdek aholining xarid qobiliyati kabi mezonlar bo‘yicha baholangan.
"O‘zbekistondan so‘ng ro‘yxatda Suriya, Hindiston, Afg‘oniston va Pokiston qayd etilgan. Yashash uchun eng qimmat bo‘lgan davlatlarga Shveysariya, Norvegiya, Islandiya, Yaponiya, Daniya, Bagam orollari, Lyuksemburg, Isroil, Singapur va Janubiy Koreya kiritildi", - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Numbeo nomli internet manbaasi Toshkent - yashash uchun dunyoning eng arzon shaharlaridan biri ekanligini ma’lum qilgandi. Reytingini hisoblashda mutaxassislar bir oylik yashash xarajatlari, xonadon ijarasi xarajatlari, ovqatlanish va transport hamda tibbiyot xozmatlari shuningdek aholi daromadini ham hisobga olishgan.