O‘zbekistonda taksi xizmati faoliyati tiklanmagani aytilmoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil slujbi "Yandeks Taksi".
Avtomobil slujbi Yandeks Taksi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin taksi xizmati qayta tiklangani haqida xabarlar tarqalgani tufayli 30-aprel sanasidan fuqarolar o‘z shaxsiy avtomobillarida taksi xizmatini ko‘rsatishga kirishgan edi

TOShKENT, 2-may - Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi multimedia markazi yetkazish (dostavka) xizmatlarini ko‘rsatadigan taksi yo‘nalishlari avtomobillariga hozircha yo‘lovchi tashishga ruxsat berilmagani haqida xabar berdi.

Ogranicheniya na dvijenie velosipedov v Tashkente iz-za karantina - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda karantin rejimi yumshatilmoqda

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati yetakchi mutaxassisi Azizxon Murodovning ma’lum qilishicha, 30-aprel sanasidan boshlab fuqarolarga shaxsiy avtotransportdan, birinchi navbatda, ish joyiga, tibbiyot muassasalariga borishi va uyiga qaytishi, iste’mol mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy buyumlarni xarid qilishi uchun foydalanishi uchun ruxsat berilgan, xolos.

Shu bois, belgilangan soatlar (soat 07:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha) tashqari vaqtda maqsadsiz ko‘chada harakatlangan transport vositalari haydovchilariga tegishli tartibda choralar ko‘rilishi aytildi.

Eslatib o‘tamiz, sal oldinroq 30-aprel kuni qator OAVlarda shaxsiy va xizmat yengil mashinalari harakatlanishi mumkin bo‘lgan vaqt oralig‘ida (soat 07:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha) taksilar ham yo‘lovchilarni tashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shu bilan birga, Toshkentdagi taksi xizmati kompaniyalari ham ushbu xabarni mamnuniyat bilan e’lon qilgan holda haydovchilarga maxsus kombinezon, tibbiy qo‘lqop va niqoblarda faoliyat olib borishi lozimligi tavsiya etgandilar.

 

Yangiliklar lentasi
0