Shtorm ogohlantirish: Toshkent hokimligi avtomobillarni xavfsiz joyga qo‘yishga chaqirmoqda

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishPosledstviya uragana v Moskve
Posledstviya uragana v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikkinchi maydan uchinchi mayga o‘tar kechasi poytaxtimizda kuchli shamol va yog‘ingarchilik kutilmoqda, deb ogohlantiradi hokimlik matbuot-xizmati.

TOShKENT, 2-may - Sputnik. Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol bo‘lishi munosabati bilan shahar aholisidan avtomobillarni xavfsiz joyga qo‘yishni so‘rab, murojaat qildi.

Veter - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda shtorm ogohlantirish e’lon qilindi

"Ikkinchi maydan uchinchi mayga o‘tar kechasi poytaxtimizda kuchli shamol va yog‘ingarchilik kutilmoqda. Bu esa o‘z navbatida daraxt va ularning shoxlarini sinishiga sabab bo‘lib, uning ostida va yaqinida turgan avtomobillarga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli avtomobillaringizni daraxtlardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishingizni iltimos kilamiz", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin O‘zgidromet may oyi uchun ob havo ma’lumoti bilan bo‘lishgan edi.

Xabarda aytilishicha O‘zbekistonda may oyi odatda aprel oyiga nisbatan 4-6 darajaga issiqroq bo‘ladi.

Mamlakatning markaziy hududlarida oyning birinchi yarmida o‘rtacha harorat 24-27 daraja, ikkinchi yarmida 28-31 darajani tashkil qiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0