O‘zbekistonda shtorm ogohlantirish e’lon qilindi

© Sputnik / Maks Vetrov / Mediabankka o‘tishVeter
Veter - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda shtorm ogohlantirish e’lon qilindi. Mayning birinchi kunlarida hududlarda shamolning tezligi 15-29 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda shamol shiddati 23-28 m/s gacha yetishi mumkin.

TOShKENT, 30 apr - Sputnik. 1-2 may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev, pribiv v Buxarskuyu oblast, pobival v naibolee postradavshix ot stixii mestax - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev vertolotda Qorako‘l va Olot tumanlaridagi holatni ko‘zdan kechirdi - foto

1 mayda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida kechga borib yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

2 mayda respublikada yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Shamolning tezligi 15-29 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda shamol shiddati 23-28 m/s gacha yetishi mumkin.

30 aprel-3 may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Yangiliklar lentasi
0