Isroil G‘azo sektoridagi 150 ta nishonlarga zarba berdi

© AFP 2023 / MAHMUD HAMSPosledstviya vozdushnix udarov po sektoru Gaza. 13-noyabrya 2018
Posledstviya vozdushnix udarov po sektoru Gaza. 13-noyabrya 2018 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zarbalar natijasida 3 nafar falastinlik va bir nafar isroillik halok bo‘ldi, 50 dan ortiq fuqaro jarohat oldi.

TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Tel-Aviv G‘azo sektoridagi falastinlik jangarilarining pozitsiyalariga zarba berishni davom etmoqda. RIA Novosti xabariga asosan.

“Isroil mudofaa armiyasi shu vaqtga G‘azo sektoridagi XAMAS va “Islom jihodi”ga tegishli bo‘lgan 150 ta terrorchilar nishonlariga zarba berdi”, - deyilgan armiya ma’lumotnomasida.

Zarbalar natijasida 3 nafar falastinlik va bir nafar isroillik halok bo‘ldi, 50 dan ortiq fuqaro jarohat oldi.

Misr, BMT, Falastin milliy ma’muriyati va jahon hamjamiyati chaqiruvlari va tinchlikparvar kuchlanishlariga qaramasdan o‘zaro zarbalar to‘xtamayapti.

Treteyskiy sud v Gaage - Sputnik O‘zbekiston
Isroil falastinliklarni Gaagadagi xalqaro sudga murojaatini noqonuniy deb topmoqda

Yo‘q qilingan nishonlar ro‘yxatida: jangarilar bazalari, qurol omborlari, yer osti tonnellari, raketa uchirish maydonlari, XAMAS harbiy maqsadlarda foydalanadigan uchta hukumat binosi, falastinlik jangarilarga tegishli suv kemasi belgilangan.

2014 yilgi urushdan buyon eng yirik qarama-qarshilik bo‘ldi. Isroilliklar hisobiga ko‘ra, G‘azo sektoriga taxminan 370 raketa va minalardan foydalanishdi, ulardan yuzlab raketalar “Temir gumbaz” raketa mudofaa tizimi yordamida ushlandi.

Mojaroga sabab Tel-Avivning anklav hududida harbiy operatsiya vaqtida otishma bo‘ldi. BU hodisa yakshanba kuni sodir bo‘ldi, unda 6 nafar isroillik zobitlar va 6 nafar falastinliklar halok bo‘ldi. Mahalliy OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, ular orasida XAMASning yuqori martabali jangarilari bo‘lgan.

“Islom jihodi” harbiy bo‘linmasi umumiy mobilizatsiyani e’lon qildi. Isroil o‘z kuchlariga G‘azoga olib keldi.

Yangiliklar lentasi
0