JSST yuqori darajadagi mutaxassislari Markaziy Osiyo davlatlariga safar qiladi

© United States Mission GenevaVsemirnaya organizatsiya zdravooxraneniya (VOZ)
Vsemirnaya organizatsiya zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yuqori darajadagi ekspertlari Markaziy Osiyo mamlakatlarida bo‘lib, vaziyat bilan tanishadi.

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST)  yuqori darajadagi mutaxassislari Markaziy Osiyo davlatlariga safar qiladi. Bu haqda JSSTning Yevropa mintaqaviy burosi direktori Hans Klyuge ma’lum qildi.

V Uzbekistan iz Kitaya pribila gruppa meditsinskix ekspertov - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy shifokorlari O‘zbekistondagi missiyani yakunladi

BMT yangiliklar markazi xabariga ko‘ra, JSST yanvar oyining oxiridan buyon Italiya, Ispaniya (ikki marta), Belarus, Ukraina, Gruziya va Ozarbayjonga sakkizta yuqori darajadagi ekspert missiyalarini yubordi. Endilikda ekspertlar guruhi Markaziy Osiyo mamlakatlarida bo‘lib, vaziyat bilan tanishadi.

JSST vakili Yevropa mintaqasida pandemiya hukmronlik qilayotganini ta’kidlab, barcha davlatlarni kurashni susaytirmaslikka chaqirdi.

U pandemiya bilan bog‘liq cheklovlarni olib tashlashda ehtiyotkorlik zarurligini va bunday qarorlarni qabul qilish uchun JSSTning mavjud barcha zarur mezonlari va tavsiyalarini hisobga olish kerakligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xitoylik shifokorlar guruhi O‘zbekistonda missiyasini yakunlab, vataniga qaytib ketishgani xabar qilingan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning 185 davlatida koronavirus bilan bog‘liq 3,3 milliondan ziyod holat etilgan. Koronavirusdan tuzalganlar soni 1 millionga yaqinlashmoqda. 228 mingga yaqin kishi esa virus qurboniga aylangan.

Markaziy Osiyoda Qozog‘istonda 3 138, O‘zbekistonda 2 017,  Qirg‘izistonda esa 729 ta koronavirus bilan holat qayd etilgan. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, Tojikiston va Turkmanistonda ushbu kasallik rasmay qayd etilmagan.

Yangiliklar lentasi
0