TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Xitoylik shifokorlar guruhi O‘zbekistonda missiyasini yakunlab, vataniga qaytib ketishdi. Bu haqda XXRning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar qildi.
Kuni kecha brifing paytida Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmanov respublikada 10 kundan ko‘proq vaqt davomida xitoylik shifokorlar murakkab epidemiologik vaziyat qayd etilgan viloyatlarga tashrif buyurganini aytdi.
Xitoy shifokorlari koronavirusning oldini olish, karantin zonalarini qurish, bemorlarni davolash va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha professional takliflarni berishdi.
O‘zbekiston shifokorlari uchun o‘quv kurslar o‘tkazildi, tajriba va ish uslublari almashildi. Shuningdek, xitoylik shifokorlar COVID-19 tashxisi qo‘yilgan bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazishdi.
Eslatib o‘tamiz, 17-aprel kuni Xitoydan O‘zbekistonda 15 nafar shifokordan iborat guruh tashrif buyurdi. Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida masofaviy tibbiy maslahatlar tizimi yo‘lga qo‘yildi. Loyihaga Xitoyning Szaansi provinsiyasidagi ikkita yetakchi shifoxona va O‘zbekistondagi o‘nta klinikalar qo‘shildi. Loyiha maqsadi shifokorlar o‘rtasida doimiy aloqalarni o‘rnatish va COVID-19 pandemiyasi davrida mamlakatlar o‘rtasida epidemiyaga qarshi hamkorlikni kuchaytirishdan iborat.