Tojikistonda 15 kishida koronavirus aniqlandi

© REUTERS / Dado RuvicProbirka s koronavirusom 2019-nCoV
Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq 15 ta holat aniqlandi. O‘n kishi Xo‘jandda, yana besh kishi Dushanbeda kasallangan.

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq 15 ta holat aniqlandi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, bugungi kunda o‘n kishi Xo‘jandda, yana besh kishi Dushanbeda kasallangan.

Vsemirnaya organizatsiya zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik O‘zbekiston
JSST yuqori darajadagi mutaxassislari Markaziy Osiyo davlatlariga safar qiladi

“Umumiy hisobda ikki ming kishi hozirda nazorat ostida”, - deya Sputnik Tojikiston manbasi ma’lum qilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus bilan bog‘liq 3,3 milliondan ziyod holat etilgan. Koronavirusdan tuzalganlar soni 1 millionga yaqinlashmoqda. 228 mingga yaqin kishi esa virus qurboniga aylangan.

Markaziy Osiyoda Qozog‘istonda 3 138, O‘zbekistonda 2 017,  Qirg‘izistonda esa 729 ta koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgan. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, Turkmaniston ushbu kasallikdan xoli Markaziy Osiyoning yagona davlati bo‘lib qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0