Bugungi kundagi vaziyatga qaramay, 9-may kungi Rossiyadagi paradni MDH mamlakatlari ham qo‘llab-quvvatlaydi. “Ofitseri Rossii” umumrossiya tashkiloti prezidiumi raisi, Rossiya qahramoni, general-mayor Sergey Lipovoyning so‘zlariga ko‘ra, barchani birlashtiradigan jihat shu.
"Havo paradlarini quruqdaliklarsiz o‘tkazish - parad ishtirokchilarini, ayniqsa faxriylarni xavf ostiga qo‘ymaslik imkonini beradi", - dedi Lipovoy Sputnik radiosi efirida.
Uning fikricha, havo paradining formati, shuningdek, Rossiya armiyasining qudratini namoyish etish imkonini beradi.
General-mayor shuningdek, harbiy samolyotlarning namoyish parvozlarini o‘tkazish yosh avlodda qiziqish uyg‘otishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, 9-may kuni O‘zbekiston butun dunyo bilan birgalikda zamonaviy tarixdagi eng muhim sana - fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlaydi. Respublikada 9-may - Xotira va qadrlash kuni.
Fashizmga qarshi kurashda 420 mingga yaqin o‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi, frontga esa respublikaning bir yarim million fuqarosi ketgan.
O‘zbekiston u voqealar xotiralariga hurmat bajo keltiradi, har yili davlat va jamoat tashkilotlari urush faxriylari va front orti mehnatkashlarini qutlaydi. Bundan tashqari, hech biri e’tiborsiz qolmasligi maqsadida faxriylarga manzilli yordam amalga oshiriladi.