TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Koronavirus pandemiyasi tufayli 9-mayda G‘alaba paradi o‘tkazilmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda aytdi.
“Koronavirus bilan bog‘liq xavf-xatarlar menga 9-may bayramiga tayyorgarlik ko‘rishni boshlash huquqini bermaydi”, - dedi Putin.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, barcha tantanali tadbirlar, jumladan G‘alaba paradi va “O‘lmas polk” marshi keyinchalik 2020-yilda o‘tkaziladi.
Koronavirus pandemiyasi deyarli butun dunyoni qamrab oldi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olganlar soni sal kam ikki million kishini tashkil qildi, 126 mingga yaqin kishi vafot etdi.
Bugungi kun holatiga Rossiyada koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 28 mingga yaqin kishini tashkil etdi, 2,3 ming kishi sog‘aydi, 232 kishi vafot etdi.