TOShKENT, 29 apr - Sputnik. O‘zbekiston hukumati koronavirus pandemiyasi tufayli boshqa mamlakatlar bilan aviatashuvlarni 30-iyunga qadar to‘xtatib turish qarorini qabul qildi.
Bu haqda RIA Novosti mamlakat vazirlar mahkamasi qoshidagi tezkor shtabga tayangan holda xabar bermoqda.
O‘zbekiston hukumati ilgariroq koronavirus tarqalishi xavfi tufayli 16-mart sanasidan 30-aprelga qadar boshqa mamlakatlar bilan transport harakatini to‘xtatgan edi. Chet el fuqarolari va vatandoshlar uchun vatanga qaytishga charter reyslar tashkil qilindi. Ammo 30-martdan mamlakatda barcha aeroportlar yopildi va aviaqatnovlar to‘laligicha to‘xtatildi.
Avvaliga bu cheklovlar 20-aprelgacha amal qilishi rejalashtirilgan edi, keyinchalik bu sana 10-maygacha etib o‘zgartirildi.
Shtab xabariga ko‘ra, shu bilan birga hukumatning maxsus qarorlari bilan charter reyslar amalga oshirilishda davom etadi.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunga kelib dunyo bo‘yicha infeksiyaga chalinganlar soni 3 millionga yaqinlashgan, 202 mingdan ortiq inson qurbon bo‘lgan. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1969 nafarga yetdi, vafot etgan bemorlar 8tani tashkil qilmoqda. 1,06 ming bemor sog‘aygan.