Pul o‘tkazmalari kamayishi birinchi navbatda Yevropa va Markaziy Osiyo hududida kutildmoqda - 27%, undan so‘ng Afrikada janubida - 23%, Janubiy Osiyoda - 22%, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Lotin Amerikasida - 19% va Tinch okeani hududida - 13%.
Ushbu kamayish birinchi navbatda mehnat migrantlari daromadlari kamayishi va ularning ish o‘rinlarini yo‘qotishlari bilan bog‘liq, chunki qabul qiliuvchi mamlakatlarda ish beruvchilar birinchi navbatda mehnat migrantlaridan iborat xodimlarni qisqartiradi.
Pul o‘tkazmalari – rivojlanayotgan mamlakatlar uchun juda muhim daromad manbaidir. COVID-19 tufayli sodir bo‘layotgan bugungi iqtisodiy retsessiya migrantlarning uylariga pul o‘tkazish imkoniyatini cheklaydi va va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining tiklanishini kechiktiradi, - dedi Jahon banki guruhi prezidenti Devid Malpass.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori rekord natija qayd etgan edi. Shuningdek o‘tgan yilda o‘rtacha daromad miqdori kam bo‘lgan mamlakatlarga xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori birinchi marta to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardan ham oshib ketgan edi.