COVID-19: O‘zbekiston va dunyoda koronavirus statistikasi

© REUTERS / Omar Sobhani Sotrudnik Afganskoy natsionalnoy slujbi zakupok vo vremya dezinfeksii ulis v Kabule, Afganistan
 Sotrudnik Afganskoy natsionalnoy slujbi zakupok vo vremya dezinfeksii ulis v Kabule, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan bemorlanganlar soni 1950dan oshdi. Pandemiya butun dunyoda qachon yakunlanishi haqida materialimizda o‘qing

TOShKENT, 29 apr - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 nafarga ortdi va bugungi kunda 1955 nafarni tashkil qilmoqda.

Kitay peredal Uzbekistanu 100 tisach test-sistem na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy O‘zbekistonga bir millionta tibbiyot jarrohlik niqoblari jo‘natdi

Eslatib o‘tamiz, mamlakat hukumati 1-aprel sanasidan Toshkentda va regionlarda o‘z-o‘zini yakkalash tartibini joriy etgan. Yoshi 65dan yuqori bo‘lgan fuqarolarga uyni tark etish man qilingan. 80 mingdan ziyod kishi karantinda saqlanmoqda. Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha maxsus komissiya respublikadagi cheklovlarni 10-mayga qadar uzaytirgan.

Bugungi kunda Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 93 mingdan oshdi. Koronavirus epidemiyasi Rossiyada avgust oyiga kelib yakunlanishi prognoz qilinmoqda. Karantin cheklovlari tartibi 11-mayga qadar uzaytirildi.

Shuningdek, COVID-19ga chalinganlar soni AQShda - 1 012 583, Ispaniyada - 232 128, Italiyada - 201 505, Fransiyada- 169 053, Buyuk Britaniyada - 162 350, Germaniyada - 159 912, Turkiyada - 114 653, Eronda - 92 584, Xitoyda - 83 940 kishini tashkil etmoqda.

 Soveshanie prezidenta Rossii Vladimira Putina s glavami regionov  - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiyada dam olish kunlari uzaytirilishini e’lon qildi

Markaziy Osiyo davlatlarida infeksiyaga chalinish ko‘rsatkichi quyidagicha: Qozog‘istonda 3027ta, Afg‘onistonda 1828ta, Qirg‘izistonda 729ta.

Olimlar fikricha, AQShda koronavirus infeksiyasi 5-sentabrda, Italiyada - 30-avgustda, Britaniyada - 20-avgustda, Germaniya va Fransiyada - 5 va 8-avgustda yakunlanishi mumkin.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha kasallanganlar soni 3 116 992 (+75 475 ), 217 183 kishi infeksiya qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0