Rossiya Markaziy Osiyo yo‘nalishida katta harbiy mashqlarni o‘tkazadi

© Sputnik / Eugene Odinokov / Mediabankka o‘tishTank T-90 vo vremya ucheniy motostrelkovix, tankovix i artilleriyskix podrazdeleniy 20 otdelnoy motostrelkovoy brigadi 8 obshevoyskovoy armii na poligone "Prudboy" v Volgogradskoy oblasti
Tank T-90 vo vremya ucheniy motostrelkovix, tankovix i artilleriyskix podrazdeleniy 20 otdelnoy motostrelkovoy brigadi 8 obshevoyskovoy armii na poligone Prudboy v Volgogradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari Markaziy Osiyo yo‘nalishida harbiy o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tkazadi – armiya generali Sergey Shoygu.

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Markaziy Osiyo yo‘nalishi bo‘yicha yirik shtab mashqlarini o‘tkazadi. Bu haqda RF Mudofaa vazirligi hay’at yig‘ilishida mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Protivolodochniy samolet Il-38N - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Il-38 samolyoti AQSh harbiy kemasi oldidan uchib o‘tdi - video

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi Markaziy Osiyo strategik yo‘nalishida qo‘shinlarning o‘z vazifalarini bajarish uchun boshqaruv va tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, shuningdek, eng yangi qurol va uskunalar bilan qayta jihozlashni davom ettirmoqda.

"Ikki tomonlama mashqlar, inqirozli vaziyat va harbiy tahdidlarga javob berish, strategik operatsiyalarni rejalashtirish masalalariga har tomonlama e’tibor qaratilmoqda. Bu yil rejalashtirilgan tezkor o‘quv mashg‘ulotlari soni 13 foizga, safarbarlik 9 foizga, jangovar 36 foizga ko‘paydi. Ularning natijasida ikki armiya hududida koalitsiya kuchlarini yaratish bilan ikki tomonlama qo‘mondonlik-shtab mashqlari bo‘ladi", - dedi Shoygu.

Ta’kidlanishicha, bu tayyorgarlik ODKB va ShHTga a’zo davlatlar qurolli kuchlari bilan yaqin hamkorlikda olib borilmoqda. Mudofaa vaziri ta’kidlaganidek, 2019-yilga nisbatan qo‘shma o‘quv tadbirlari soni 14 foizga oshdi.

Yangiliklar lentasi
0