Kurashchi Artur Taymazov Rossiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga yordam berdi

© SputnikProslavlenniy bores volnogo stilya Artur Taymazov, vistupavshiy za Uzbekistan, vstretilsya so studentami MGIMO
Proslavlenniy bores volnogo stilya Artur Taymazov, vistupavshiy za Uzbekistan, vstretilsya so studentami MGIMO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uning so‘zlariga ko‘ra, talabalarni uydan uzoqda, yotoqxonada karantinni kechirayotgan talabalarni qiyin ahvolda qoldirish noto‘g‘ri bo‘lar edi.

TOShKENT, 29 apr - Sputnik. Pandemiya respublikaning barcha fuqarolari uchun sinovga aylandi. Ayniqsa, vatanidan uzoqda karantinni kechirishga majbur bo‘lganlarga, masalan, qo‘shni davlatlarga o‘qigani ketgan talabalarga qiyin bo‘lmoqda.

Mujchina pereschitivayet dollari SShA, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun 3 mlrd dollar jalb qiladi

Ba’zi talabalarda uylariga yaqinlari oldiga qaytib kelish imkoni bo‘lmagani sababli pandemiyani yotoqxonalarda o‘tkazish uchun qolib ketishdi. Biroq, respublika rahbari Shavkat Mirziyoyev to‘g‘ri ta’kidlaganidek, qiyinchiliklarni faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali yengish mumkin. Mehribonlik va befarq bo‘lmaslik hozirda har qachongidan ham muhimroqdir.

Rossiyadagi oliy ta’lim muassasalaridan birida izolyatsiyada bo‘lib turgan o‘zbek talabalarini qo‘llab-quvvatlash uchun mashhur erkin kurashchi Artur Taymazov istak bildirdi. Sportchi Shimoliy Kavkaz kon-metallurgiya instituti (SKGMI) yotoqxonasiga yetib keldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda hozirda 100 ga yaqin o‘zbekistonlik talabalar istiqomat qilishadi.

"O‘zbekiston mening eng sevimli respublikalarimdan biri ekanligini hamma biladi. Bu mening ikkinchi vatanim. Sportda ko‘tarilishim, sport hayotim bilan bog‘liq hamma narsa O‘zbekiston bilan bog‘liq. Men bu go‘zal mamlakatni, xalqini sevaman. Va bu bolalarni e’tiborisiz qoldirish noto‘g‘ri bo‘lar edi”, - dedi Taymazov.

Voyennoslujashie vo vremya voyennogo parada v Moskve, posvashonnogo 72-y godovshine Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941-1945 godov - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya tufayli 9-mayda G‘alaba paradi o‘tkazilmaydi

Kurashchi talabalarga sihat-salomatlik tilab, ularga respublikada barcha zarur yordam ko‘rsatilishiga shubha yo’qligini ta’kidladi, chunki "O‘zbekiston mehmondo‘st mamlakat" va hech kimni qiyinchilikda qoldirmaydi.

Talabalar Taymazovga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirishdi va karantinadan keyin uni palovga taklif qilishga kelishib olishdi.

Eslatib o‘tamiz: so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 99,3 mingdan ortiq COVID-19 holati qayd etilgan, mingdan ortiq odam tuzalib, 972 kishi vafot etgan.Rossiya hukumati karantin paytida Rossiya Federatsiyasida hududida bo‘lgan rossiyaliklar va chet el fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha faol choralarni ko‘rmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida kasallanganlar soni 1969 kishini, sog‘ayganlar soni esa 1066 kishini tashkil etmoqda. 8 nafar fuqaro vafot etdi.

 

Yangiliklar lentasi
0