TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekistonliklarga muayan vaqtlarda shaxsiy avtomobildan foydalanishga ruxsat beriladi.
"Fuqarolarga shaxsiy avtomobillaridan ertalab 7:00dan 10:00gacha hamda 17:00dan 20:00gacha foydalanishga ruxsat beriladi.
Bunda ishga borish-kelish, shifoxona, dori-darmon xarid qilish asosiy maqsad bo‘lishi kerak", - deyiladi Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning Telegram'dagi kanalida.
Shuningdek, ota-onalarga farzandlari bilan o‘z uy atrofida sayr qilishga ruxsat beriladi. Bunda karantin qoidalariga rioya etish talab qilinadi.