Putin Rossiyada dam olish kunlari uzaytirilishini e’lon qildi

Obuna bo‘lish
Putin Rossiyada virus keng tarqalish ehtimoli hali ham saqlanib qolinayotganini va may bayramlari kunlarida ham o‘z-o‘zini yakkalash rejimiga amal qilish juda muhim ekanini aytib o‘tdi.

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga bag‘ishlangan onlayn majlisda dam olish kunlarini 11-mayga qadar uzaytirishga qaror qilganini aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiya prezidenti 6,7,8 may kunlarini ham maoshlarni saqlab qolgan holda dam olish kunlari deb e’lon qildi.

“Oldinda katta may bayramlari, ular orasida esa ish kunlari bor – 6,7,8 may. Odatiy vaziyatda ham ko‘pchillik ushbu kunlarda ta’tilga yoki dam olishga chiqar edi. Hozirgi vaziyatda bu yanada xavfli. Shu sababli ushbu uch kunni ham dam olish kuni deb e’lon qilishni to‘g‘ri deb bilaman”, - dedi Putin.

Shu bilan birga, Rossiya prezidenti may bayramlari kunlarida, iliq ob-havoga qaramasdan  barcha ehtiyot choralariga amal amal qilish, guruhli o‘tirishlar tashkil qilmaslik va ehtiyoj bo‘lmaganda biror joyga bormaslik - muhim ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Vladimir Putin Rossiyada epidemiya keskin tarqalishini oldini olishga muvaffaq bo‘linganini, lekin virus keng tarqalish xavfi hali ham saqlanib qolayotgani haqida ogohlantirdi.

“Biz epidemiya tarqalishini oldini oldik. Bu millionlab fuqarolarimiz shifokorlar va hukumat tavsiyalariga quloq solib, o‘z sog‘liqlari va yaqin kishilarnining hayotini xavfdan asrab qolish uchun qilgan harakatlari tufayli amalga oshdi. Lekin virusning keng tarqalishi xavfi hali ham saqlanib qolmoqda, buning ehtimoli juda katta”, - dedi Rossiya prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Rossiyada 93 ming kishi koronavirus bilan kasallangan. 8 mingdan ortiq kishi tuzalib ketgan, 876 kishi vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0