Bugun Yer yaqinidan ulkan asteroid uchib o‘tadi – astronomlar

© Foto : NASA/NOAAUnikalniy snimok Luni na fone Zemli, sdelanniy s pomoshyu kosmicheskogo apparata Deep Space Climate Observatory
Unikalniy snimok Luni na fone Zemli, sdelanniy s pomoshyu kosmicheskogo apparata Deep Space Climate Observatory - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Diametri to‘rt kilometrgacha bo‘lgan asteroid bugun Yer yaqinidan o‘chib o‘tadi. Asteroid va sayyora orasida masofa 6,29 million kilometr.

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Rossiya Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti ilmiy xodimi Boris Shustov mutaxassislar Yer yonidan uchib o‘tadigan yirik asteroid parvozini kuzatishini ma’lum qildi.

Ukazatel na trasse 375 (shosse NLO), vedushey k Zone 51 v Nevade, SShA - Sputnik O‘zbekiston
Pentagon noma’lum uchar jism parvozi aks etgan videoni rasman e’lon qildi

№ 52768 (1998 OR2) asteroid diametri 1,8 dan 4 kilometrgacha 29-aprel kuni (Moskva vaqti bilan soat 12.56 da) Yer yaqinidan minimal masofada uchib o‘tadi. Asteroid va sayyora orasida masofa 6,29 million kilometr – bu Oygacha bo‘lgan masofadan 16 baravar uzoq.

Samoviy jism xavfli bo‘lishi mumkin, chunki uning parvoz yo‘li Yer orbitasini kesib o‘tadi.

“Har bir uchib o‘tadigan jism ilm-fan uchun qiziq. Uni yuz millionlab kilometr masofadan qarashning hojati yo‘q, u yerga yaqin bo‘ladi, albatta, optik va radio ham kuzatuv dasturi yordamida o‘rganiladi”, - deydi Shustov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, radio teleskoplar yordamida asteroidning tezligini aniqlab, uni tasvirga olish va sirt ostiga qarab, tuzilishini o‘rganish mumkin.

"Bu "monsterlar" qayerdan paydo bo‘lmoqda? Ular Yupiter bilan rezonans kabi hodisa tufayli asosiy asteroid aylanasidan uchib kelmoqda",  - deya tushuntirdi olim.

Yupiterning tortishish "zarbasi" haqida gap ketmoqda, unda sayyora va asteroidlarning orbitalari rezonansga tushadi. Agar eng ulkan sayyora ta’siri bo‘lmaganida, Quyosh tizimining ichki qismida uchadigan asteroidlar o‘n million yil davomida qolmagan bo‘lar edi. Ammo so‘nggi ikki milliard yil ichida, Oyning "bombardimon qilish" sur’ati, olimlar taxmin qilgan kraterlar deyarli o‘zgarmadi, deya tushuntiradi Shustov.

Ilm-fan kosmik jismlarning rezonans zonasiga qanday tushib qolishini hali bilmaydi, ammo mutaxassislar buni aniqlashga harakat qilmoqdalar.

"Bu asteroid ham shu yerga uchib chiqdi. U juda katta - to‘rt kilometr. Fan uchun astroid aylanma orbitadan to‘g‘ri chiziqqa o‘tgani qiziq", - deydi Shustov.

Olim asteroid uzoq masofada yerdan o‘tishi tufayli unga xavf tug‘dirmasligini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0