TOShKENT, 29 apr — Sputnik. AQShning sobiq vitse-prezidenti va amaldagi Demokratik partiyadan nomzod 77 yoshli Jo Baydenning sodiq xodimi Tara Rid uni jinsiy zo‘ravonlikda aybladi. Fox News telekanali ta’kidlashicha, ayol Xillari Klinton prezidentlik saylovida Baydenni qo‘llab-quvvatlash haqidagi qarorini tanqid qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Bayden – demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod uchun yagona nomzod hisoblanadi.
Ilgariroq Business Insider gazetasi yozishicha, Bayden sobiq xodimasi Tara Rid uning ustidan Vashington politsiyasiga ariza bergan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, Bayden 1993-yilda senator bo‘lib ishlagan vaqtda unga shilqimlik qilgan, hodisa AQSh senati koridorida bo‘lgani, u yerda Bayden ehtimoliy jabrlanuvchining yubkasi ostiga qo‘lini qo‘yib, jinsiy zo‘rlagan. O‘tgan oy oxirida Rid Baydenga qarshi birinchi marta chiqish qilgan. Bayden jamoasi esa bu aylovlarni yolg‘on deb javob berdi.
2016 yilda prezidentlik saylovida Donald Trampga yutqazgan Xillari Klinton Baydenni qo‘llab-quvvatlashini aytganidan keyin, Rid bu bayonot bilan chiqdi.
"Men 2016-yilda Xillari Klintonga ovoz berganman ... Men butun umrim davomida demokratlarni qo‘llab-quvvatladim. Ammo, meni zo‘rlagan, sobiq boss, jinsiy yirtqich Jo Baydenga kim ko‘mak berayotganini ko‘rmoqdaman. Xillari Klinton bundan avval ham yuqori amaldorli erkaklarga o‘z jinsiy yirtqich xulqini yashirishga ruxsat bergan... Bizga mamlakatimizda bunday narsa kerak emas...”, - dedi ayol.
Bayden kampaniyasi vakillari Rid ayblovlarini qat’iyan rad etmoqda.