Bayden Gulenning AQShda ekanligidan afsuslanishini aytdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishJozef Bayden
Jozef Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden Anqaraga tashrifi chog‘ida oppozitsiyachi ulamo Fathulloh Gulenning boshqa biror-bir davlatda emas, AQShda ekanligidan afsusdaligini aytdi.

TOShKENT, 24 avg – Sputnik. AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden Anqaraga tashrifi chog‘ida oppozitsiyachi ulamo Fathulloh Gulenning boshqa biror-bir davlatda emas, AQShda ekanligidan afsusdaligini aytdi, deb xabar beradi RIA Novosti. 

Amerikalik siyosatchi Turkiyaga bir kunlik rasmiy tashrif bilan keldi. U davlat to‘ntarishiga urinish chog‘ida jabr ko‘rgan Turkiya parlamentini ko‘zdan kechirdi, parlament spikeri Ismoil Qahramon bilan uchrashdi va Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim bilan muzokara olib bordi.

"Gulen AQShda emas, birorta boshqa mamlakatda bo‘lganida yaxshi bo‘lardi. Uni topshirish bo‘yicha qarorni federal sud chiqaradi", — deya Baydendan iqtibos keltiradi NTV telekanali.

U Turkiyadagi 15-iyul kuni sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishiga urinish bu mamlakat uchun xuddi AQShda 2001-yil 11-sentabr kuni yuz bergan voqea kabi ahamiyatga egaligini qo‘shimcha qildi.

16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada bir guruh isonchilar harbiy davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishdi. Asosiy qarama-qarshilik Anqara va Istanbulda yuz berdi. Oqibatda 246 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 2 mingdan ortiq kishi yaralandi. Turkiya hukumati ulamo Gulenni to‘ntarishga urinishga aloqadorlikda aybladi va AQShdan uni topshirishni so‘radi. Gulenning o‘zi esa to‘ntarishni qoraladi va o‘zining bunga aloqasi yo‘qligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0