TOShKENT, 17 apr - Sputnik. Bugun 15 kishidan iborat xitoylik maslahatchilar va tibbiy ekspertlar guruhi qardosh o‘zbek xalqini COVID-19 ga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘l oldilar, deb xabar qildi XXRning respublikadagi elchixonasi matbuot xizmati.
Shuningdek, diplomatiya vakolatxona Xitoy delegatsiyasining kuzatish marosimi videotasvirini joylashtirdi, marosim ishtirokchilari "Xitoydan O‘zbekistonga qo‘shma ishchi guruhi" yozuvli transparantni yoyishdi.
Koronavirusning avj olishi Xitoyda 2019-yil dekabr oyi oxirida yuz berdi. Mart oyi o‘rtalarida JSST koronavirus epidemiyasini global pandemiya, deb e’lon qildi.
Avvalroq, Amerikaning Fox News telekanali bir qator manbalarga tayanib, Uxan virusologiya instituti laboratoriyasi xodimi COVID-19ga chalingan birinchi bemor bo‘lganligi haqida xabar bergan edi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi buni rad etdi.
XXR TIV rasmiy vakili Chjao Liszan ushbu versiyaning ilmiy asosi yo‘qligini aytdi. Boshqacha qilib aytganda, bu xech qanday asosi yo‘q shunchaki mish-mishlar.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda bu kasallikka chalinganlar soni 2 million kishidan oshdi, 129 mingdan oshiq kishi pandemiya qurboniga aylandi.
O‘zbekistonda kasallanganlar soni 1390 kishini tashkil etadi. Davolanganlar 140 kishi. 4 kishi vafot etdi.