Tojikiston qator mahsulotlar eksportini taqiqladi

© Sputnik / Vitaliy TimkivUborka pshenisi
Uborka pshenisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
25 apreldan Tojikistondan bug‘doy, guruch, no‘xat, tuxum, go‘sht olib chiqib ketish taqiqlandi. Shuningdek, barcha teatr va kinoteatrlar tomoshabinlar uchun o‘z eshiklarini yopadi.

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Tojikiston hukumati vaqtinchalik xorijga ayrim mahsulotlar eksportini to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Dushanbe shahri ma’muriyati matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, qaror bilan barcha turdagi dukkakli o‘simliklar, jumladan, bug‘doy, guruch, no‘xat, mosh, tuxum, kartoshka va barcha turdagi go‘sht mahsulotlarini xorijga eksport qilish taqiqlanadi.

Flag Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik O‘zbekiston
BSST Tojikiston va Turkmanistonni COVID-19 yo‘qligiga tekshiradi

Mamlakatda kinoteatr va teatrlar ham o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatib qo‘yadi.

Shuningdek, 27-apreldan 10-maygacha mamlakatdagi barcha bog‘cha va maktablarda vaqtinchalik ta’til e’lon qilingan.

Sputnik Tojikiston nashrining ma’lum qilishicha, bu koronavirus tarqalishining oldini olish uchun ta’lim muassalarida dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan.

Bundan tashqari, mamlakatda miting, sport kabi har qanday ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi taqiqlanadi.

Tojikiston rasmiylari xabariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan.

Yangiliklar lentasi
0