O‘zbekistonda yana bir kishi koronavirus qurboniga aylandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi. Angren shahrida yashovchi ayol vafot etgan sakkizinchi bemor bo‘ldi.

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sakkizinchi o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Glavniy saninspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston
Bosh sanitar vrach kasallik yuqtirish ehtimoli katta bo‘lgan joylarni sanab o‘tdi

Angren shahrida yashovchi F. (ayol) viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘ta og‘ir ahvolda yotqizilgan va sun’iy nafas olish apparatiga ham olingan. Tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda Covid-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Shundan so‘ng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining  ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasiga o‘tkazilgan. Bemorda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘tkir respirator distress sindrom, gipertoniya kasalligi ikkinchi bosqich, xavf 4, semizlikning 3 darajasi bo‘lganligi sababli kasallik og‘ir kechib, davolanish davomida hamisha sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan.

Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas, o‘pka-yurak va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0