Bosh sanitar vrach kasallik yuqtirish ehtimoli katta bo‘lgan joylarni sanab o‘tdi

© Ministerstvo zdravooxraneniya respubliki UzbekistanGlavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov
Glavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sanitar vrach aytishiga qaraganda, kasallik yuqtirish ehtimoli katta bo‘lgan joylar: apteka, magazin, AYoQSh va axlat tashlash joylari bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 24 apr - Sputnik. O‘zbekiston bosh sanitar vrachi Nurmat Otabekov 23-aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda koronavirus yuqish qayerda ko‘proq ekanligini sanab o‘tdi. 

Shifokor so‘zlariga ko‘ra, virus yuqtirish xavfi birinchi o‘rinda dorixonalarda ishlaydiganlarda yuqori. U yerga har xil odam tashrif buyuradi. 

Ikkinchidan - oziq ovqat do‘konlari. Shu sababli shifokor do‘konga kirganda albatta niqob taqish va har xil mahsulotlarga kamroq qo‘l tekkizishni so‘radi. 

Uchinchi o‘rinda — AYoQSh. U yerdagi yonilg‘i quyish moslamasini (pistolet) kuniga 10dan ortiq odam ushlaydi. 

To‘rtinchi o‘rinda — itlarni sayr qildirish joylari. Itlarni olib chiqishda odam tez-tez podyezd va eshik tutqichlarini ushlaydi. Bundan tashqari, itlar virusni oyoqlarida uyga tashishi mumkin.

Beshinchi o‘rinda — ko‘chaga chiqindi tashlashga chiqish. Nurmat Otabekovning ta’kidlashicha, bunda xavf nisbatan pastroq bo‘lsa-da, ayrim vaqt changda virus zarrachalari saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 24-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1778 nafarni tashkil qilmoqda. Sog‘ayib ketganlar soni 561 nafarga yetgan. 

Yangiliklar lentasi
0