Toshkentga Uxandagi bemorlarga yordam bergan moslamalar olib kelindi

© Press-slujba Natsionalnoy palati innovatsionnogo zdravooxraneniya Respubliki UzbekistanV Tashkente privezli oborudovanie, kotoroe pomoglo bolnim v Uxane
V Tashkente privezli oborudovanie, kotoroe pomoglo bolnim v Uxane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uxan shahrida KTEA elektr moslamalari COVID-19 tashxisi qo‘yilgan bemorlarni davolashda yuqori samaradorlikni namoyish etgan. Natijada Pekin shahridagi aksariyat kasalxonalar hozirda KTEA moslamalari bilan jihozlangan.

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. 23-aprel kuni Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi Toshkent aeroportida KTEA o‘pka kasalliklarini davolash uchun elektron apparatlardan iborat 4 ta jamlanmani kutib oldi. Bu apparatlar Uxan shahrida COVID-19 ning og‘ir ko‘rinishlarini davolashda yuqori samara bergan edi. Bu haqda Milliy palata Sputnik nashriga ma’lum  qildi.

Ta’kidlanishicha, innovatsion qurilma O‘zbekistonga Milliy palata va Pekinning “Bei Jing Hong Tian Li Fhamaceutical Co.Ltd” kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida yetkazib berildi. U shifoxonalarga koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun beg‘araz topshiriladi.

Glavniy saninspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston
Bosh sanitar vrach kasallik yuqtirish ehtimoli katta bo‘lgan joylarni sanab o‘tdi

“Birinchi bo‘lib zarbani qabul qilgan Xitoyning o‘zi tomonidan COVID-19 ga qarshi kurashda bosib o‘tgan qiyin davriga qaramay, yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni qo‘llab quvvatlagan holda, xitoylik hamkor tomonidan Milliy palata uchun nafaqat aynan qanday innovatsion qurilmani hozir taqdim etish zaruratini tahlil qilindi, balki buni amalga oshirish uchun moliyaviy yordam imkoniyati ham taqdim etildi”, - deyilgan xabarda.

Xitoy Hayot va sog‘liqni saqlash assotsiatsiyasi direktorining o‘rinbosari Chen Sinpinning so‘zlariga ko‘ra, Uxan shahrida KTEA elektr moslamalari COVID-19 tashxisi qo‘yilgan bemorlarni davolashda yuqori samaradorlikni namoyish etgan. Natijada Xitoy poytaxti Pekin shahridagi aksariyat kasalxonalar hozirda KTEA qurilmalari bilan jihozlangan.

Xitoy tomoni KTEA-dan foydalanish va davolash usullari to‘g‘risida mavjud barcha ma’lumotlarni taqdim etdi. Bu ma’lumotlarni ushbu elektr asboblarni koronavirus infeksiyasining og‘ir shakllarini davolash uchun Milliy palata tomonidan yuboriladigan kasalxonalar mutaxassislari tomonidan olib o‘rganilishi mumkin.

Bemorlarni davolashda KTEA-dan amaliy foydalanish bilan bir qatorda, ushbu hamkorlik O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimiga yangiliklarni olib kirish, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda o‘zbekistonlik va xitoylik shifokorlar o‘rtasida tajriba almashishni kengaytirishga imkon beradi.

Yangiliklar lentasi
0