Uy-joy kommunal sohasida boshqarish bo‘yicha tajriba o‘tkaziladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaStroitelstvo domov v Sergeliyskom rayone Tashkenta
Stroitelstvo domov v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish uchun boshqaruv kompaniyalari tuman hokimligi tomonidan tanlov asosida tanlab olinadi.

TOShKENT, 6 yanv  — Sputnik. Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

V maxalle Ibroxim ota Almazarskogo rayona Tashkenta vruchili klyuchi ot kvartir - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kelgusi yilda 15 mingdan ortiq arzon uy-joylar quriladi

Qarorda belgilanishicha 2019-yilda Yunusobod tumanidagi ko‘p kvartirali uy-joy fondini professional boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarish bo‘yicha tajriba o‘tkaziladi.

Ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish uchun boshqaruv kompaniyalari tuman hokimligi tomonidan tanlov asosida tanlab olinadi.

Boshqaruv kompaniyasi faoliyatini hisobdorlik va oshkoralik asosida olib boradi hamda mulkdorlarga har chorakda hisobot beradi, shuningdek umumiy mulkni saqlash uchun to‘lanmagan majburiy badallarni undirish huquqiga ega.

Shuningdek, qaror bilan Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishning Yo‘l xaritasi tasdiqlandi.

Yo‘l xaritasi doirasida xorijiy tajriba asosida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi, shuningdek kvartiralar ichiga issiq va ichimlik suvni hisobga olish smart-asboblar o‘rnatish dasturi ishlab chiqiladi.

Qaror bilan Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasida Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.

2020 yil 1-yanvargacha tajribani Toshkent shahrining boshqa tumanlarida ham qo‘llash choralari ko‘riladi.

Boshqaruv kompaniyalarining uy-joy fondini saqlashdan olgan daromadlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan va foyda solig‘idan, shuningdek chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, kichik mexanizatsiya vositalari, materiallar va uskunalar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.

Yangiliklar lentasi
0