Buxoroda 467 tup ko‘knor o‘stirgan ayol aniqlandi

© Sledstvenniy departament pri MVD Respubliki Uzbekistan"Narkoticheskiy" mak
Narkoticheskiy mak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qorako‘l tumani yashovchi fuqaro F.T. 467 tup ko‘knor giyohvandlik o‘simliklarini o‘stirib, parvarishlab kelgan.

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Buxoroda 467 tup ko‘knor o‘stirgan ayol aniqlandi.

Unichtojenie narkoticheskix sredstv - Sputnik O‘zbekiston
Ichakdagi geroinlar: DBQ 5,5 kg dan ziyod giyohvand moddasini musodara qildi - foto

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 20-aprel kuni Qorako‘l tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Qorako‘l tumani “Darg‘ali” qishlog‘ida yashovchi fuqaro F.T. 467 tup ko‘knor giyohvandlik o‘simliklarini o‘stirib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan. O‘simliklar tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0