Koronavirus hali uzoq davom etadi - BSST rahbari

© REUTERS / Amit DaveDoktor v zashitnom kostume testiruyet devushku na koronavirus v Axmedabade, Indiya
Doktor v zashitnom kostume testiruyet devushku na koronavirus v Axmedabade, Indiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika, shuningdek, Sharqiy Yevropada biz u yerda havotirli holat kuzatilmoqda, deya ta’kidlaydi BSST rahbari

TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Ko‘plab mamlakatlarda koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati pasaya boshlagani bilan dunyodagi koronavirus pandemiyasi hali tugash nuqtasidan yiroq. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus Jenevada o‘tkazilgan brifing davomida xuddi shunday bayonot bilan chiqdi.

Statsionar dlya lecheniya zarazivshixsya koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19 bemorlari qancha muddatda tuzaladi

"Biz turli mintaqalarda turfa trendlarni ko‘rapmiz. G‘arbiy Yevropadagi infeksiya avj olishi holatlarining aksariyati stabillashdi va endi pasaymoqda. Garchi raqamlar kichik bo‘lsa-da, biz Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika, shuningdek, Sharqiy Yevropada biz u yerda havotirga loyiq trendlarni ko‘rapmiz. Ko‘plab mamlakatlar hozirda epidemiyaning boshlang‘ich bosqichida, virusga oldinroq duch kelganlarda holatlarning takrorlanishi kuzatilmoqda. Xatoga yo‘l qo‘ymang, biz bosib o‘tadigan yo‘l davomli. Bu virus biz bilan hali uzoq vaqt bo‘ladi", - deya bayonot qildi BSST bosh direktori.

Gebreyesus so‘zlariga ko‘ra, virus hali ham xatarli va unga butun dunyodagi aholining chalinishi xavfi mavjud.

BSST rahbari kasallikning yangi epidemiyasi istalgan vaqtda qaytadan boshlanishi mumkinligini ta’kidladi.

Jon Xopkins universiteti taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan butun dunyoda 2,6 million odam bemorlangan, 183,5 ming kishi infeksiya qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0