COVID-19 bemorlari qancha muddatda tuzaladi

© Press-slujba mera i pravitelstva Moskvi / Mediabankka o‘tishStatsionar dlya lecheniya zarazivshixsya koronavirusom
Statsionar dlya lecheniya zarazivshixsya koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 150 mingga yaqin inson koronavirus testidan o‘tkazilgan. Yaqin orada bu raqamlar yarim millionga yetkaziladi.

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar o‘rtacha 10-15 kun, ba’zida og‘ir hollarda bir oy davomida shifo topadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ma’lum qildi.

Sotrudnik laboratorii upakovivayet biomaterial, sobranniy dlya analiza na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Yana 30 nafar fuqaroda koronavirus tasdiqlandi

“Bemorlar o‘rtacha 10-15 kun, ba’zida og‘ir hollarda bir oy davomida tuzaladi. Tuzalgandan so‘ng, yana 14 kun davomida reabilitatsiya ishlari olib boriladi”, - dedi u AOKAdagi brifingda.

Shuningdek, Oqilov nima sababdan karantinga olinganlarni chiqarish cho‘zilib ketishi mumkinligini tushuntirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, karantindan chiqarish qoidalariga asosan 14 kunda laboratoriya natijalari manfiy bo‘lsa, karantindagilar chiqariladi, agar laboratoriya natijalari musbat bo‘lsa, karantin davom etadi.

U virusni boshqalarga yuqtirish ehtimoli bo‘lganlar karantindan chiqarilishi mumkin emasligini ta’kidladi.

Oqilov O‘zbekistonda 150 mingga yaqin inson koronavirus testidan o‘tkazilganini qo‘shimcha qildi. Yaqin orada bu raqamlar yarim millionga yetkaziladi. Shu bois, olingan testlarning soni kelgusida maksimal oshirilishi hisobigagina karantin shartlarini yumshatish mumkin.

Eslatib o‘tamiz. O‘zbekistonda koronavirus 1657 kishida aniqlangan. Ulardan 261 nafari tuzalgan. 5 bemor esa vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0