"Hindlar shokda edi": Rossiya tanklari nimalarga qodir

© Sputnik / Grigory Sysoev / Mediabankka o‘tishTank T-90A na V Mejdunarodnom voyenno-texnicheskom forume "Armiya-2019"
Tank T-90A na  V Mejdunarodnom voyenno-texnicheskom forume Armiya-2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Suriyada oxirgi T-14 Armata tanki sinovdan o‘tganligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 23 apr - Sputnik, Nikolay Protopopov. Har xil o‘q-dorilar bilan shafqatsiz otish, dvigatelni cho‘qqi rejimlarda ishlatish, minglab askarli marshlar va quroldan yuzlab o‘q otish - yangi tanklar xizmatga qabul qilinishidan oldin qattiq sinovlardan o‘tadi. Iloji bo‘lsa, harbiy texnika haqiqiy jangovar harakatlar zonasiga yuboriladi. Yaqinda Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Suriyada so‘nggi T-14 Armata tankining sinovdan o‘tganligini aytdi. Tank "imtihonlari" to‘g‘risida - RIA Novosti materialida.

Otkritie vistavki retro-avtomobiley Oldtaymer-Galereya - Sputnik O‘zbekiston
Kabriolet, tank va “Rolls-Royc”: Moskva retro-avto ko‘rgazmasi - foto

Nazariyadan amaliyotga

Yangi tankni taktik va texnik xususiyatlarga muvofiqligini tekshirish ba’zan bir yildan ko‘proq vaqtni oladi. Zirhli transport vositalari bir nechta davlat standartlari bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi: tarkibiy qismlari, tarkibiy elementlar va mahsulot butun boricha. Sinovlar zavodning o‘zidayoq boshlanadi - mudofaa sanoati qompleksining har bir korxonasi o‘z mahsulotlarini mustaqil ravishda tekshirishga majburdir.

Keyin tank davlat sinovlariga yuboriladi. Bu eng qizig‘i: zirhli mashinalar har xil o‘q-dorilar bilan o‘qqa tutiladi, barcha taniqli tanklarga qarshi qurollar bilan, minalarda va qo‘lbola moslamalarda portillatiladi, yonida havo bombalari, artilleriya snaradlari portillatiladi, radiatsiya va bakteriologik moddalarning ta’siri o‘rganiladi.

Birinchi navbatda, otish paytida tajriba namunalarining zirh plitalari va payvandlangan bo‘g‘inlarning , shuningdek korpusning alohida qismlarining parchalanishi tekshiriladi. Yana bir muhim bosqich - bu iqlimiy bosqich.

"Texnika minus 50 dan 50 darajagacha bo‘lgan harorat oralig‘ida ishlashga qodir bo‘lishi kerak, - deydi Viktor Muraxovskiy, "Arsenal Otechestva" jurnalining bosh muharriri, RIA Novosti bilan suhbatda. – Zavodlarda mahsus klimatik kameralar mavjud, uning ichida tanklar uzoq vaqt davomida o‘ta issiq va o‘ta sovuq haroratlarda tekshiriladi.

Pokazatelniy viezd istoricheskoy bronetexniki v Primorye - Sputnik O‘zbekiston
Tank romantikasi: yigit qizga tanklar yordamida turmushga chiqishni taklif qildi - video

Mashinalar mamlakatning turli mintaqalarida yurgiziladi - muzli Arktikada va yozda 40-45 daraja jaziramali janubda. Bundan tashqari, dvigatel, yong‘inni boshqarish tizimi va qurollar tog‘larda sinovdan o‘tkaziladi.

Minglab kilometrlar

Uzoq vaqt davomida mashinalarning chidamliligini nafaqat dvigatel va transmissiyasining, balki boshqaruv va aloqa tizimlarining tekshirilishiga alohida e’tibor qaratiladi.

"Kuniga 300-400 kilometr masofali uch kunlik yurish nafaqat harakatlanuvchi elementlarga ta’sir qiladi, - deydi Muraxovskiy, - Shundan keyin o‘t ochishni boshqarish tizimi qanday ishlashi, o‘q-dorilarning ahvoli, ekipaj a’zolari umuman o‘zini qanday his qilayotgani - ular ishlash qobiliyatini yo‘qotadimi- yo‘qmi, tushunib yetish muhim. Ya’ni, ergonomika sinovdan o‘tkaziladi".

Mudofaa vazirligi Zirhli avtotransportlar bosh boshqarmasi sobiq boshlig‘i general-polkovnik Sergey Mayevning so‘zlariga ko‘ra, Sovet davrida tanklar butun mamlakat bo‘ylab bir necha kunlab sinovlarda yurgizilgan.

"Istiqbolli mashinalarning saflari bir yarim-ikki ming kilometrni bosib o‘tishardi, - deb eslaydi general. - Har bir tankga ishlab chiquvchi instituti yoki Zirhli tank texnikalari qo‘shinlar Akademiyasining mutaxassisi biriktirilgan. Ular jangovar foydalanish va samaradorlikni ta’minlovchi barcha parametrlarni baholaganlar. Odatda bunday operatsiyalar oshkor qilinmagan - barcha mashinalar qoplangan bo‘lgan, ahir yangi ishlanma".

Uzbekskie bolelshiki na tribunax po itogam finala Tankovogo biatlona - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tankchilari “Tank biatloni” final bahsida g‘alaba qozondi

Mahalliy tank qurish sanoatida minglab kilometr yurish uzoq tarixga ega. Hech bo‘lmaganda, 1940-yilda afsonaviy "o‘ttiz to‘rtinchi"ning sinovlarini eslaylik. Ikki tajriba mashina Xarkovdan Moskvaga mustaqil yetib borib orqaga qaytishgan. Ushbu yurishda T-34 loyihasi rahbari, konstruktor Mixail Koshkin shaxsan ishtirok etgan.

Ongli tanlov

Sinov dasturining yakuni - bu tajribaviy jangovar operatsiya. Shundan keyingina, davlat komissiyasi xizmatni o‘tash uchun yangi tankni qabul qilish uchun tavsiya dalolatnomasini imzolaydi.

"Qo‘shinlar tankning ishonchliligini batamom aniqlaydilar, uning bexavotirligi to‘g‘risida, yoki, aksincha, injiqligi, foydalanish imkoniyatlari va buning uchun zarur texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash vositalari to‘g‘risida xulosa chiqarishadi, - deydi Muraxovskiy. - Sovet davrida o‘z paytida yangi T-64, T-72, T-80 aynan shu tarzda hizmatga qabul qilingan. Hozirda Mudofaa vazirligining "Armata" tanklari, BMPlar va zirhli tiklash-evakuatsiya mashinalariga buyurtmalar mavjud".

Tankoviy biatlon -2019. Individualnaya gonka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston "Tank biatloni" yarim final bahsida - translyatsiya yakunlandi

Shunga qaramay, tank hizmatga qabul qilinishiga qaramay, uning sinovlari davom etaveradi. Eksport mashinalari alohida bosqichdan o‘tadi. Chet elga yetkazilish bo‘yicha asosiy raqobatchilar orasida qiyosiy sinovlar boshlanadi.

Masalan, huddi shu holat Rossiya 90-yillarda Gretsiyaga taklif qilgan T-80 bilan ro‘y bergan. Tenderda AQSh, Germaniya, Fransiya, Ukraina, Buyuk Britaniya va Rossiyadan oltita tank ishtirok etgan. Sergey Mayevning so‘zlariga ko‘ra, mashinalar juda og‘ir sinovlardan o‘tdi, shu jumladan 2,5 ming kilometr masofaga yurishni. Ammo unda Gretsiya boshqa bir ishlab chiqaruvchining texnikasini tanladi.

Mayev yana bir misol keltirdi - T-90 tankini Hindiston qurolli kuchlariga sotish. Hindiston allaqachon tanlab bo‘lgan, ammo baribir shartnoma tuzishdan oldin mashinani tekshirishni xohladi.

"Rossiyalik mutaxassislar ishtirokida uchta tank Pokiston bilan chegaradagi Tar sahrosiga uch oy muddatga jo‘natildi, - aytib beradi general. - Shu bilan birga, hindlar 1000 ot kuchiga ega dvigatelni talab qilishdi, ammo bizda atigi 840 ot kuchiligi bor edi. Biz tez fursatda B-92 dvigatelini yaratdik, quvvatini oshirdik, sinovdan o‘tkazdik va mashinaga o‘rnatdik".

T-72 tanki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiya yordamida tank sozlash markazlari ochishi mumkin

Hindistondagi sinovlar juda og‘ir bo‘ldi. Umuman olganda, T-90 dasturni muvaffaqiyatli yakunladi, faqat bitta tank qizib ketdi. "Hindistonlik mexanik-haydovchi takroriy ogohlantirishlarga qaramay, uni haddan tashqari qizdirib yubordi, - deb tushuntirdi Mayev. – Ammo, aftidan unga shunday vazifa topshirilgan - u sovutish suyuqligi haroratini bir necha bor mumkin bo‘lmagan darajaga keltirgan va dvigatel oqa boshlagan".

Biroq, ushbu holat rossiyalik mutaxassislarga qo‘l keldi. Ular dvigatelni to‘laligicha o‘zgartirib o‘tirmadilar, garchi zahirada yaroqlilari bo‘lsa ham. Oddiy zavod ta’mirlash to‘plamidan foydalanib, "dala"ning o‘zida tikladilar. Atigi 15 soat ichida nosoz motor yerga tushirilib, rezina zichlantiruvchilari almashtirilib, yana joyiga qaytarildi. Shundan keyin mashina yana 1500 kilometrni bosib o‘tdi.

"Shu bilan biz hindlarga uni xizmatga qabul qilinishida hal qiluvchi omil bo‘lgan T-90 ning yuqori chidamliligi va ta’mirga yengilligini tasdiqladik", - deydi Mayev.

Hammasi jangda ma’lum bo‘ladi

Har qanday qurolning eng yaxshi sinovi bu haqiqiy jangdir. SSSR ko‘p yangi texnikasini Afg‘onistonda sinovdan o‘tkazgan. U yerda o‘nlab zirhli transport vositalari, qurollar, samolyot va vertolotlar, aloqa va radiolokatsion razvedka vositalari va o‘q-dorilarni sinovdan o‘tkazildi.

Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi Sarmat - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV AQSh bilan gipertovushli qurol borasida muzokara shartini oshkor qildi

Bugungi kunda Rossiya qurollari uchun asosiy jangovar poligoni - Suriya. Harbiy operatsiya davomida zamonaviy va takomillashtirilgan qurollarning ikki yuzdan ortiq namunalari sinovdan o‘tkazildi. Shu jumladan, eng yangi dengiz va havoda joylashtirilgan qanotli raketalar, yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilar, aviatsion komplekslar, havodan mudofaa, radioelektron kurash va aloqa tizimlari.

Suriyada T-90A asosiy jangovar tankining negizida qurilgan "Terminator" tanklarni jangovar qo‘llab-quvvatlash vositasi jangda qatnashishga muvaffaq bo‘ldi, arab respublikasi osmoda beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyotlari bir necha bor uchishdi, jangarilar obyektlarini takomillashtirilgan Mi-28NM "Nochnoy oxotnik" vertolotlari yo‘q qilishdi. Rossiya harbiylari Suriyada eng so‘nggi robotlashgan minalardan tozalash vositalari va uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishdi.

Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy harakatlar natijasida Rossiyaning istiqbolli o‘ndan ortiq turlarini yanada rivojlantirish va ishlab chiqarilishi to‘xtatildi, yana uch yuz qurol namunalari takomillashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0