TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston oldin yetkizib berilgan harbiy texnika, xususan T-72 va T-62 tanklarini sozlovchi markazlar yaratish imkoniyatini muhokama qilishmoqda, dedi Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati direktori o‘rinbosari Vladimir Drojjov.
“Biz oldin tashkil qilgan “UzRosavia” qo‘shma korxonasi muvaffaqiyatli ishlamoqda. Ushbu korxona harbiy havo texnikasini, xususan vertolotlarni ta’mirlash bilan shug‘ullanadi… Biz hamkorlarimiz bilan ularning hududida bronetank texnikasini ta’mirlash va modernizatsiya qilish imkoniyatlarini muhokama qildik”, — dedi Drojjov.
Uning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekistonda ko‘p miqdorda T-62 va T-72 tanklari bor va O‘zbekiston ularni ta’mirlash va modernizatsiya qilishdan manfaatdor.