Green Card endi berilmaydi: Tramp AQShga immigratsiyani to‘xtatdi

© Sputnik / Eva Mari Uskategi / Mediabankka o‘tishPredvibornoe vistuplenie D. Trampa v Mayami
Predvibornoe vistuplenie D. Trampa v Mayami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, bunday farmonni imzolashi to‘g‘risida Tramp kuni kecha ma’lum qilgan edi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, bu cheklovlar AQShda doimiy yashash huquqi - grin-kartani qo‘lga kiritishni xohlaydiganlar uchun amal qiladi.

TOShKENT, 23 apr – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatda ish o‘rinlari defitsiti tufayli AQShga immigratsiyani vaqtinchalik to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Donald Trump - Sputnik O‘zbekiston
AQSh koronavirusning kelib chiqishini aniqlamoqchi - Tramp

"Amerikalik ajoyib mehnatkashlarni himoya qilish maqsadida Qo‘shma Shtatlarga immigratsiyani vaqtinchalik to‘xtatdim. Bu jamiyatning barcha qatlamidagi ishsiz amerikaliklar iqtisodimiz o‘sishni boshlashi bilan ish o‘rinlariga da’vogarlar ro‘yxatida birinchi bo‘lishlarini kafolatlaydi. Biz shuningdek tibbiy resurslarimizni tejab qolamiz", - degan Tramp matbuot-anjumani davomida.

Oq Uy xususan, koronavirusga qarshi kurashda yordami zarur bo‘lgan shifokorlar va boshqa ishchilar uchun istisno qilinishini izohlab o‘tganlar.

Tramp ma’muriyati bir qator ijtimoiy so‘rovlardan ma’lumotlar keltirishgan va ularda amerikaliklarning aksariyati mamlakatga immigratsiya vaqtinchalik cheklanishini qo‘llab-quvvatlashlarini, ommaviy immigratsiya bu xatar ekanligini bildirishgan.

Poslednyaya za desatiletie golubaya Luna nad Moskvoy - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Oyni o‘ziniki qilib oldi: AQSh prezidenti yangi farmonga imzo chekdi

Eslatib o‘tamiz, bunday farmonni imzolashi to‘g‘risida Tramp kuni kecha ma’lum qilgan edi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, bu cheklovlar AQShda doimiy yashash huquqi - grin-kartani qo‘lga kiritishni xohlaydiganlar uchun amal qiladi. Tramp immigratsiyani ikki oyga vaqtincha to‘xtatishini va muddat o‘tishi bilan, farmonning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirmaslik haqida qaror qabul qilishini aniqlashtirib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirusi infeksiyasi tarqalishini pandemiya, deb e’lon qilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan bemorlanganlar soni 2,47 milliondan oshgan, 169 mingdan ko‘p kishi infeksiya qurboniga aylangan.

AQShda koronavirusdan vafot etgan bemorlanganlar soni 46 mingdan oshdi, kasallar soni 839 ming nafar, 77 ming kishi sog‘aygan.

Yangiliklar lentasi
0