AQSh koronavirusning kelib chiqishini aniqlamoqchi - Tramp

© REUTERS / Joshua RobertsDonald Trump
Donald Trump - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Uxanda virus kelib chiqishi versiyasi bo‘yicha tergov olib borilayotgani haqida berilgan savolga javob berdi.

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Amerika tomoni Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyada COVID-19 koronavirusi paydo bo‘lgani haqida versiyani ko‘rib chiqmoqda va uning kelib chiqishini aniqlamoqchi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp. RIA Novosti xabariga asosan.

Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi Sarmat - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV AQSh bilan gipertovushli qurol borasida muzokara shartini oshkor qildi

Uxanda virus kelib chiqishi versiyasi bo‘yicha tergov qanday olib borilayotgani haqida berilgan savolga AQSh prezidenti javob berdi:

“Ya’ni ko‘p g‘alati narsalar ro‘y bermoqda, biroq tergovlar olib borilmoqda, biz virus kerib chiqishi haqida bilib olmoqchimiz. Aytishim mumkin bo‘lgan narsa – u qayerda paydo bo‘lmasin, u Xitoydan keldi, qanday shaklda muhim emas. Hozir bir yuz sakson davlat undan azob chekmoqda”, -  dedi Tramp.

Bundan avval AQSh bosh kotibi Mayk Pompeo XXRdan koronavirus pandemiyasi kelib chiqishi masalasida shaffoflikni talab qildi. Shu o‘rinda Pompeo Uxandagi laboratoriyadan virus chiqishi mumkinligi haqida Amerika OAVlari maqolalarni tasdiqlash yoki rad etishdan bosh tortdi.

Amerikaning Fox News telekanali o‘z manbalariga asoslanib, COVID-19ga chalingan birinchi bemor Xitoyning Uxan shahridagi virusologiya instituti laboratoriyasida ishlagan, deb xabar qildi. Kanalning manbalaridan biri Xitoyni "dalillarni yashirish bo‘yicha tarixda eng qimmat operatsiya" da ayblagan. Shu o‘rinda ta’kidlanishicha, laboratoriya biologik qurol ishlab chiqmaligi, xitoylik olimlari tomonidan virusni tadqiq qilish bo‘yicha yuksak natijalarini namoyish qilishi kerak edi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi, XXR boshidan beri koronavirus infeksiyasi epidemiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishda ochiq va mas’uliyatli pozitsiyaga ega ekanligini ma’lum qildi.   

Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Xitoy oldidagi qarzlari bo‘yicha defolt e’lon qilishga tayyorlanmoqda

2019 yil 31-dekabr kuni Xitoy hukumati JSSTga mamlakatning markaziy qismida (Xubey provinsiyasi) Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berishdi.

Mutaxassislar yangi koronavirus uning qo‘zg‘atuvchisi bo‘lganligini aniqladilar, keyinchalik kasallik rasmiy ravishda COVID-19 deb nomlandi.

JSST 11-martda yangi koronavirus infeksiyasi COVID-19  tarqalishini pandemiya, deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda deyarli 2,1 million yuqtirish holatlari qayd etildi, deyarli 140 ming kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0