Visa O‘zbekiston banklariga muddati o‘tgan kartalarga xizmat ko‘rsatishni taklif qildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishBankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA
Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu qadam kartalarni qayta chiqarish va yetkazib berishda, hamda Visa bilan to‘lovlarni davom ettirishda banklarga yukni kamaytiradi.

TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Visa xalqaro to‘lov tizimi O‘zbekistondagi banklarga koronavirus pandemiyasi davrida muddati o‘tgan kartalarga xizmat ko‘rsatishni davom ettirishni taklif qildi.

Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
HUMO bankomatlari Visa kartalarini qabul qilishni boshladi

"Biz ushbu vaziyatda O‘zbekistondagi banklar o‘z mijozlariga kartalarni o‘z vaqtida qayta chiqarish va yetkazib berish bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligini tushunamiz. Hamkor banklarimizga muddati o‘tgan Visa kartalari amaliyotlarini avtorizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida eslatib o‘tamiz. Buning uchun banklarga o‘z taraflarida sozlamalarni o‘zgartirishlarini maslahat beramiz", - dedi Aliya Chinibayeva, Visa Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy menejeri. 

Ushbu qadam banklarga kartalarni qayta chiqarish va yetkazib berish bilan bog‘liq yukni kamaytiradi va iste’molchilarga Visa bilan to‘lashni davom ettirish imkonini beradi, deyiladi bayonotda.

Muddati o‘tgan karta egalari operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini tekshirish uchun kartani chiqargan bank bilan bog‘lanishlari kerak.

Avvalroq, Visa PIN-kodni kiritish orqali karta egasi tasdiqlanishini talab qilmaydigan, kontaktsiz tranzaksiyalar uchun chegara oshishi haqida xabar bergan edi. O‘zbekiston uchun bu limit endi 500 ming so‘mni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0