HUMO bankomatlari Visa kartalarini qabul qilishni boshladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishBankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard
Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
HUMOning 250 dan ortiq bankomatlari Visa kartalarini qabul qilishni boshladi.

TOShKENT, 29 avg – Sputnik. HUMOning 250 dan ortiq bankomatlari Visa kartalarini qabul qilishni boshladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Dollari - Sputnik O‘zbekiston
Erigan muzqaymoq: iqtisodchi sentabrda dollar pasayishini bashorat qildi

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston aholisi, chet ellik mehmonlar va sayyohlarga Visa xalqaro kartalaridan milliy valyutada mablag‘larni yechish imkoniyati taqdim etildi.

Bankomatdan milliy valyutada naqd pul mablag‘larini berish uchun komission haqni bankning o‘zi belgilaydi.

Turistik shaharlarda milliy valyutada pullarni yechib olish imkoniyatini beruvchi HUMO bankomatlari yirik diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, bozorlar va h.k. atrofidagi 24/7 shoxobchalarida joylashgan.

Joriy yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Visa kompaniyasi O‘zbekistonda raqamli to‘lovlar infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini birgalikda amalga oshirish maqsadiga qaratilgan O‘zaro hamjihatlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumi imzolangan.

Yangiliklar lentasi
0