Toshkent yaqinida 18 yashar qiz bir guruh o‘smirlar tomonidan pichoqlandi va kanalga uloqtirildi

© CA-NewsVodniy kanal, protekayushiy radom s mnogoetajnimi domami v Tashkente
Vodniy kanal, protekayushiy radom s mnogoetajnimi domami v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olgan tan jarohatlariga qaramasdan, qiz kanaldan chiqib, o‘z uyiga yetib borgan va u zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan

TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Toshkent viloyati Zangiota tumanida ikki o‘smir o‘z tanishi bo‘lgan 18 yashar qizni pichoqlab, Tuyabo‘g‘iz kanaliga tashlab yuborgan, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryolik erkak rashk tufayli o‘z xotinini arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi

Hodisa 20-aprel kuni yuz bergan. Tongga yaqin soat 03:00 larda Zangiota tumanida yashovchi 17 yashar A.Q., uning ikki nafar sherigi va 18 yashar qiz o‘rtasida janjal yuz bergan. Janjal sababi noma’lum.

Xabarda aytilishicha, A.K. janjal davomida oshxona pichog‘i bilan qizning bo‘yin, qorin xamda tanasining turli qismlariga urib, shu yerdan oqib o‘tuvchi “Tuyabo‘g‘iz” kanaliga tashlab yuborgan va yigitlar hodisa joyidan yashiringanlar.

K.R. olgan tan jarohatlariga qaramasdan, kanaldan chiqib, o‘z uyiga yetib borgan va yaqinlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Qizning hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni A.K. va boshkalarga nisbatan JKning 25,97-moddasi 2-qismi "p" bandi bilan ((Bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda qasddan odam o‘ldirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan (ular ushlangan).

Yangiliklar lentasi
0